Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Muxlisa Mardiyeva: «Yangi mavsumda yarim himoyachi bo‘laman. Rejamdan ko‘proq gol va assistlarni amalga oshirish o‘rin olgan»

Muxlisa Mardiyeva: «Yangi mavsumda yarim himoyachi bo‘laman. Rejamdan ko‘proq gol va assistlarni amalga oshirish o‘rin olgan»

Baho:
+-1 | -

Ayollar Superligasining yangi mavsumi startiga oz vaqt qolmoqda. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida jamoaga kelib qo‘shilgan Muxlisa Mardiyeva 2023 yilgi mavsum oldidan tayyorgarlik, yangi bosh murabbiy bilan ishlash xaqida to‘xtaldi.

Eslatib o‘tamiz, ayollar jamoamiz yangi mavsumning dastlabki turida «Bunyodkor-W» maydoniga safar uyushtiradi. Ushbu uchrashuv 17 aprel kuni o‘tkaziladi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik haqida. Nazorat o‘yinlaridagi harakatlaringizdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Mavsumga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Yangi murabbiy va yangi jamoadoshlar bilan ishlash boshida biroz qiyin bo‘ldi. Nazorat o‘yinlari davomida asta-sekinlik bilan bir-birimizni tushunib oldik. To‘g‘risini aytsam, mavsumoldi o‘yinlaridagi harakatlarimdan qoniqish xosil qilmadim. O‘z ustimda ko‘proq ishlash niyatim bor.

- Yangi mavsum haqida fikrlaringiz. Yangi bosh murabbiy bilan ishlash qiyin bo‘lmayaptimi?
- Ushbu mavsumda jamoa oldiga jiddiy maqsad qo‘yilgan - kuchli uchlik. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Yangi bosh murabbiy Vohid Xolboyev bilan ishlashda boshida ozgina qiynaldik, chunki uning talablari yuqoriroq edi. Xudo xohlasa, bosh murabbiyning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarsak, yaxshi o‘rinlarni egallaymiz.

- 2023 yilda 7-raqamda o‘ynaysiz. Ushu raqam ostida nechta assist qayd etishni istaysiz?
- Ushbu mavsumni yarim himoyachi sifatida o‘tkazaman. Rejamdan ko‘proq gol va assistlarni amalga oshirish o‘rin olgan. Asosiysi - g‘alabalarda jamoaga yordam berish. Barchasi o‘z qo‘limizda, agarda har bir o‘yinga katta ishtiyoq, xarakter bilan chiqsak, albatta, g‘alabalarga erishamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan «Lokomotiv» PFK rahbariyatini, bosh murabbiyning yuzini yorug‘ qilishni istaymiz. Yangi mavsumda jamoadoshlarimga omad tilayman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:55, 12.04.2023.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик