Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Aleksey Yevstafeev: “Maqsadimiz ikki musobaqada ham munosib ishtirok etish va oxirigacha kurashish”

Aleksey Yevstafeev: “Maqsadimiz ikki musobaqada ham munosib ishtirok etish va oxirigacha kurashish”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi D-guruhi 1-tur “Sho‘rtan” — “Yangiyer” — 3:1 uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugun o‘yin ozroq og‘ir o‘tdi. Raqibning golidan so‘ng qayta uyg‘onishga to‘g‘ri keldi. Ammo “Yangiyer” birinchi liga jamoasi bo‘lsa ham yaxshi jamoa shakllantirishibdi. Bizga qarshi yaxshi harakat qilishdi. Keyingi o‘yinlarda “Yangiyer” jamoasiga omad tilab qolaman.

Bugun o‘yinga to‘xtalsak, ko‘rib turganimizdek o‘yinda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Uzatmalarda, bu kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Ko‘rsatgan xarakter uchun “Qo‘qon” bilan bahsning ikkinchi bo‘limida “Sho‘rtan” futbolchilariga tashakkur aytgan edingiz. Bugungi o‘yinda ham jamoa iroda ko‘rsatdi.

Albatta bugungi g‘alaba uchun futbolchilarni tabriklash kerak. Kiritgan gollar evaziga biz g‘alabaga erishdik. Axir o‘yin uchun bor kuch va g‘ayratlarni ishga solishdi. Lekin ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Bular ustida ishlashimiz kerak.

— Oldinga qo‘yilgan maqsadingiz. Pro Liga chempionatida natija qayd etishmi yoki O‘zbekiston Kubogida oxirigacha borishmi?
— Maqsadimiz ikki musobaqada ham munosib ishtirok etish va oxirigacha kurashish.

— Jamoaning qaysi muammosi sizni o‘ylantiryapti?
— Psixologik muammolar. Nimaga deganda yigitlar  “Qo‘qon” bilan o‘yinda  birinchi bo‘limda raqibga yutqazgandik . Ikkinchi bo‘limda esa futbolchilarni ko‘nglini ko‘tardik va biz yaxshi natijaga erishdik. Bugun o‘yinda ham yigitlarning harakatlari qovushmayotgan edi. Sizga aytganimdek insonning psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Bu yerda katta tajriba kerak. Tajribali mutaxassis uchun kuchli yoki kuchsiz jamoalar bilan o‘ynash cho‘t emas.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 08:59, 13.04.2023.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик