Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Babayan: "Bizda ikki yuqori saviyali hujumchimiz bor"

Babayan: "Bizda ikki yuqori saviyali hujumchimiz bor"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turi doirasida o‘z maydonida “Andijon” klubini mag‘lubiyatga uchratgan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan g‘alaba nima bergani, muxlislar, raqib jamoa o‘yin uslubi va o‘z jamoasining yutug‘i haqida gapirdi.

“Turnir jadvalida qanday o‘rinda borayotgan bo‘lsalar ham, bu ikki jamoa o‘rtasidagi bahslar doim shunday kurashlarga boy kechadi. Bugun ham shunday qiziqarli va keskin o‘yin ko‘rdik. Oldingi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalardan keyin bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislarga bundan boshqa natija qiziq emas edi. Ularni xursand qilmasak bo‘lmas edi. Bu ularning g‘alabasi va hissasi”, - dedi Babayan.

“Jamoamizda ikki nafar yaxshi hujumchimiz bor. Vaziyatdan, raqibdan kelib chiqib ikkisini birgalikda maydonga tushirishimiz mumkin. Har xil uslub va taktikalarimiz bor. Baxtimizga jamoada yuqori saviyadagi ikki nafar hujumchimiz bor”.

“Raqibning o‘yinini ko‘rib o‘z uslubi va murabbiy imzosiga ega klub ekanini ayta olaman. Bu jamoa hali o‘z so‘zini ayta oladi. Jamoa bizga qarshi kuchli o‘ynadi”.

“Avvalgi uchrashuvlardagi o‘yin bilan bog‘liq inqirozni yengib o‘tgani uchun futbolchilarga rahmat. Ular bugun g‘alaba qozonish uchun borlarini berib o‘ynashdi. Chempionat endi boshlandi va hali hammasi oldinda”.

Kiritildi: 23:32, 14.04.2023.
O'qildi: 1699 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик