Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abbos Fayzullayevga chetdan nigoh

Abbos Fayzullayevga chetdan nigoh

Baho:
+ | -

«Telegram» tarmog‘idagi wildscout sahifasi - jahon skautlari nazariga tushmaydigan yoki kam tushadigan iqtidorli futbolchilar haqida yozuvchi kanal.

 Yaqinda ushbu kanal ijodkorlari o‘zbek futboli umidi - 2003 yilning 3 noyabr kuni tug‘ilgan «Paxtakor» javohiri Abbos Fayzullayevga e’tibor qaratishdi. Xo‘sh, unda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2023ning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Abbos qanday ta’riflandi?

Ivan Shabarov boshqaruvidagi Rossiya yoshlar termasi yaqinda Toshkentda mehmon bo‘lib, 2 haftacha muqaddam Osiyo chempionatida «o‘z» kubogini qo‘lga kiritish asnosida butun mamlakatga mislsiz hayajon-ehtiros tortiq etgan deyarli o‘sha O‘zbekiston U-20 jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Avvalo, rossiyalik yigitlar muvaffaqiya­ti salmog‘ini kamaytirmagan holda, «deyarli» iborasiga izoh beraylik: O‘zbekiston termasi maydonga yetakchi futbolchilarisiz tushdi. Har holda, Osiyo chempionatida Janubiy Koreya, Avstraliya va Iroq termalariga qarshi kechgan murakkab o‘yinlarda Ravshan Haydarov jamoasini g‘alaba sari yetaklagan eng muhim ijrochilar tarkibda emasdilar. Masalan, OFK tal­qini bo‘yicha U-20 toifasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Abbos Fayzullayev ham zaxirada qoldi.

Osiyoda Fayzullayevni allaqachon yaponiyalik Shinji Kagava bilan taqqoslay boshlashdi. Rossiyada ehtimol, uni Andrey Arshavinga o‘xshatisharmidi...? Bu shunday holatki, «mitti» birdan hammani hayrat ko‘chasiga boshlaydi va kelajakda unga antropometriya (jismoniy ko‘rsatkichlar) xalaqit berolmasligi borasida hech kimda zarracha shubha qolmaydi. Aksincha, u umumiy safda alohida ajralib turadi va shu bilan «yagona» toifasiga mansub topilma hisoblanadi.

**Avvalo, Fayzullayev o‘yi­nida ish hajmi diqqatni tortadi. Deylik, O‘zbekiston yoshlar termasining Osiyo kubogi chorak va yarim final bosqichlaridagi o‘yinlarida qo‘shimcha bo‘limlar kuzatildi. Chap qanot vingeri (qizig‘i, Abbos terma jamoada shu pozisiyaga ega chiqdi, klubida ikkinchi hujumchi, «10-raqam» yoki «yuqori 8-raqam» rolida to‘p suradi) esa ushbu 120+ daqiqalik janglarda nafaqat charchamadi, balki yakunda jamoasini raqiblar darvozasi tomon «surib borish» uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Vaholanki, kuchi batamom yakunlanishi hech gap emasdi. Binobarin, Fayzullayev o‘yin davomida juda ko‘p krosslarni amalga oshiradi, tinmay harakatda bo‘ladi. Asosiysi, u har safar o‘ziga biriktirilgan futbolchi ortidan qaytishga ham ulguradi. Oxir-oqibat, qanotdagi raqiblarini holdan toydiradi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Abbos koreyalik yoshlarni ham shu tariqa rosa qiynadi, ya’ni odatda charchoq bilmaydigan koreyslar yakunda toliqib qolishdi. Fayzullayevning taktik intizomi va o‘yin tuzilmasi - dunyo futboli uchun katta chorlov allaqachon. Yana nima? Abbosda texnik salohiyat juda baland, bunisi kichik jussali o‘yinchi uchun otadiy hol. Biroq uning to‘p bilan ishlash usuli «dekorativ»ga yaqin ham emas. Yigitcha g‘ayrioddiy chaqqon, ayniqsa, yugurish yo‘nalishini keskin o‘zgartirishi raqiblarga mushkulot tug‘diradi. Qolaversa, ham tashqi, ham ichki tomondan yaxshi yuguradi. Shu bilan birga to‘p nazoratini yo‘qotmaydi, uni shunchaki, oyog‘iga yopishtirib olgandek taassurot uyg‘otadi. Fayzullayev tezlik olgan pallada uni yiqitish yoki koordinasiyadan chiqarish imkonsiz deyarli. Yigitcha sprint boshlagan payt uni ikki, hattoki uch nafar raqib ta’qib ostiga oladi, lekin ko‘p holatlarda hammasi muvaffaqiyatli yurish yoki jarima zarbasi bilan yakunlanadi.

Yana bir ajablanarli tomoni, deyarli barcha standart vaziyatlarni Abbosning o‘zi amalga oshiradi. U Suriya termasiga qarshi kechgan Osiyo chempionati start o‘yinida jamoasining har ikki golini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Ya’ni birinchisida jarima zarbasidan foydalandi, ikkinchisida burchak to‘pini «quruq barg» usulida ijro etdi va «rikoshet» holatida gol bo‘ldi. Fayzullayevda oyoqning to‘p bilan aloqasi har tomonlama zo‘r. To‘p boshqariladi, ma’lum tezlikda uchadi va aylanadi - barchasi raqiblarga maksimal darajada noqulaylik tug‘diradi. Abbos har ikki oyog‘i bilan birdek ishlaydi, shuning uchun raqiblarning unga moslashishlari qo‘shimcha vaqt talab etadi. Futbolchining start tezligi esa raqiblar holatini faqat og‘irlashtiradi, xolos. Fayzullayev mohiyatan kuchli pleymeyker, istalgan pozisiyadan uzatmalar yordamida vaziyatni keskinlashtirishi mumkin. Yigitcha to‘pni oldirmaslik uchun yashirib olish va kutilmagan yashirin uzatma amalga oshirish qobiliyatiga ega.

** Yakunda O‘zbekiston futbolidagi aksariyat yosh iqtidorlarga taalluqli holatni qo‘shimcha qilish joiz. Ular kuch-energiya talab qiladigan futbolga tayanishadi, shuning uchun ba’zida oxirgi zarba chog‘i his-tuyg‘ulari va nafaslarini tartibga solishga ulgurmaydilar. Ayni payt Abbos hali yetarli xalqaro tajribaga ega emas, birinchi g‘alaba va e’tiroflarga qaramay.

**Muhimi, Fayzullayevning faoliyati jadal rivojlanmoqda va pasayish alomatlari yo‘q. Chunki Abbos barchasini yaxshi tushunadi va ishiga ham, o‘ziga ham shunga yarasha katta mas’uliyat bilan yondashadi. Yana bir fakt borki, bunisiga aql bovar qilmaydi. Diqqat qiling, Abbos hozirning o‘zida 4ta til, jumladan, inglizchada gaplasha oladi va katta chempionatlar sinoviga tayyorlanmoqda. Ayni holatda yo‘nalish va format bo‘yicha unga hammasidan eng mos keladigani La Ligadek. Keyingi voqealar Oston O‘runovnikiga o‘xshamasligi uchun birinchi qadamni to‘g‘ri tashlash nihoyatda muhim (Fayzullayev mentalitetini nazarda tutsak, bunday taqqos o‘rinsiz, lekin har narsa bo‘lishi mumkin). Har qanday holat bo‘lmasin, bugun potensial yulduz haqida gaplashdik, albatta.

A.Ahmedov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:15, 15.04.2023.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.