Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

"Real" safida harakat qilgan so‘nggi oltita britaniyalik futbolchilar: Bellingem keyingisi bo‘ladimi?

"Real" safida harakat qilgan so‘nggi oltita britaniyalik futbolchilar: Bellingem keyingisi bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Jud Bellingem kelayotgan yozda o‘ziga yangi jamoa tanlaydi. Uning borishi mumkin bo‘lgan eng ideal manzillardan biri "Real" bo‘lsa kerak. Tarixda ko‘p ham britaniyalik futbolchilar "Real" sharafini himoya qilmagan. Ammo La-liga giganti safida o‘ynagan britlar o‘ziga xos ta’sirga ega bo‘la olgandi. Quyida "Real" tarixida klub libosini kiya olgan Buyuk Britaniya fuqarolari haqida so‘z boradi.

Garet Beyl

U "Real"day jamoada o‘ynay turib, ispan madaniyatini mensimaslik va golfga qiziqishi bilan hammaning e’tiborini tortgandi. Beyl Ispaniya boshkentida katta shuhrat qozongan. 2013 yilda "Real", o‘sha paytdagi rekord summa evaziga "Tottenxem" hujumchisini sotib oladi. Uelslik afsona La-liga va jahon sahnida ko‘plab ajoyib gollarga mualliflik qildi. Bu borada, uning birgina Kiyevdagi YECHL finalida urgan golini eslash yetarlidir. Beyl jami besh marta YECHL kubogiga ega chiqqan.

Jonatan Vudgeyt

"Real" tarixidagi eng yomon debyutga mualliflik qilgan futbolchining Ispaniyadagi davri o‘ta yomon o‘tgandi. Himoyachi jarohat sababli bir yil maydonga tusha olmay qiynaladi. Tushganida esa avto-gol va qizil kartochkaga loyiq topiladi. 2005-2006 yilgi mavsum oxirida Vudgeyt yana "Midlsbro" safiga qaytib ketgandi. 2007 yilda futbolchi "Real"ning amalga oshirgan eng yomon xaridi sifatida muxlislar tomonidan e’tirof etiladi.

Maykl Ouen

Ouenning "Real"ga ko‘chishi o‘zi o‘ylagandek kechmadi. Negaki, hujumchi Galaktikosning ayni avj pallasida "Real"ga keladi. Raul, Ronaldo va Zidan kabi futbolchilarni yengib, asosiy tarkibga kirish u paytda deyarli imkonsiz bo‘lgan. Ouen "qirollik klubi"ga 45 ta o‘yinda 16 ta goli bilan yordam bergandi. 2005 yilda ingliz futbolchisi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun "Nyukasl"ga yo‘l oladi. Maykl Ouen Ispaniyadagi davrini o‘ta og‘ir o‘tgan deb baholagandi.

Devid Bekxem

Galaktikos davri edi. 2003 yilning yozida "Real" shundoqqina "Barselona"ning tumshug‘i tagidan Bekxem transferini ӯg‘irlab ketadi. Ingliz yarim himoyachisining jamoaga kelishi, futbolka sotuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani bilan, Bekxem "Real"dagi dastlabki 3 yilida hech narsa yuta olmaydi. Fabio Kapello Bekxemdan asosiy tarkibda foydalanishni to‘xtatib qo‘ygandi. Ammo futbolchi o‘rni uchun kurashib, 2006-07 yilgi mavsumda Ispaniya chempionligiga erishadi. Bekxem butun boshli "Real"dagi paytida 155 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urishga erishgan. 2007 yilda u "LA Gelaksi"ga sotib yuboriladi.

Stiv Makmanaman

Makmanamanning "Real"dagi faoliyati futbolchining talantiga salbiy ta’sir ko‘rsatgandi. "Liverpul" safida porlagan futbolchi, 1999 yilda Ispaniyaga yo‘l oladi. U "Real" bilan ilk mavsumini YECHLdagi chempionlik bilan tugatgandi. Luish Figuning jamoaga kelishi, Makmanamanning maydondagi vaqtini kamaytiradi. U 2002 yilgi YECHL yarim-finalida "Barselona" darvozasiga to‘p kiritadi.

Luri Kanningem

Kanningem "Real" libosini kiygan ilk ingliz futbolchisi sanaladi. U 1979 yilda "Vest Brom"dan xarid qilinadi. Ajoyib hujumchi o‘zining debyut bahsida dubl qayd etadi. Ispaniyadagi birinchi mavsumni Kanningem chempionlik va kubok bilan tugatadi. U 1983 yilda Ispaniyani tark etadi. Oradan olti yil o‘tib, hujumchi avtohalokat sababli dahshatli o‘lim topadi. O‘shanda u endigina 33 yoshda edi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:10, 16.04.2023.
O'qildi: 2396 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.