Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vesko Steshevich: «Futbolchilarimizda bugun ishtiyoq juda yuqori edi...»

Vesko Steshevich: «Futbolchilarimizda bugun ishtiyoq juda yuqori edi...»

Baho:
+ | -

«Metallurg» – OKMK (2:0) jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Uchrashuvni raqib kutmagan tarzda shiddatli boshladik. O‘yin boshidayoq yaxshi vaziyatlar yaratdik. Gol urishimiz ham mumkin edi. Darvoza ustuni raqibning joniga oro kirdi. Raqib o‘yinchisi chetlatilgan holatgacha ham biz ustunlikka ega bo‘lib turgandik. Rosti mehmonlar sardori nega chetlatilganini tushunmadim. Qaysidar jamoaning maydonda kamchilik bo‘lib qolishini to‘g‘risi yoqtirmayman. Shuningdek, menga birinchi taymda kiritgan golimizni ham nega hisoblashmaganligi nomalumligicha qoldi.

Biz bundan oldingi kubok uchrashuvini aynan derbi uchun qurbon qilgandik. Bugun qarorimiz to‘g‘ri bo‘lganligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Asosiy tarkibni asraganligimiz bugun o‘z so‘zini  aytdi.

— Yangi klubingizdagi faoliyatingizni ikkita during bilan boshlagandingiz. Mazkur uchrashuv oldidan shogirdlaringizga qanday ko‘rsatmalar bergandingiz?
— Menda futbolchilar bilan muloqot qilish uchun vaqt yetarli bo‘ldi. Ularning imkoniyatlarini sinchkovlik bilan kuzatdim. Qolaversa, yigitlar viloyat derbisini yutishni juda istashayotganligini ko‘rdim. Menimcha, bundan ortiqroq motivasiya bo‘lmasa kerak. Futbolchilarimiz o‘zlarining potensial imkoniyatlarini to‘liq namoyish etishdi. Yanada ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Bu futbol. Aksi ham sodir bo‘lishi ehtimoli yo‘q emasdi. Yaxshi jamoani qabul qilib olganimdan so‘ng juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Ularni o‘rganishga, tahlil etishga ham ulgurdim. Birinchi uchrashuvga nisbatan menda tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘ldi. Afsuski, endi ritmga kirib borayotgan paytimizda ba’zi o‘yinchilarimiz terma jamoalarga jalb etilyapti. Bu albatta klubdagi ishlarimizga o‘zgartirishlar kiritishimizga  olib keladi.

— Ayrim o‘yinchilar, xususan, Zabihillo O‘rinboyev hamda Marko Obradovichning jismoniy holati haqidagi fikringizni bilmoqchi edik. Ular charchab qolishmadimi bugun?
— Bu savol sizda nima uchun tug‘ilganini bilmayman. Zabihilloning maydonda bajarayorgan ish hajmini tasavvur qilayapsizmi? O‘rinboyevdagi foydali ish koeffisiyenti juda yuqori. Tabiiyki, o‘yin oxiriga kelganda toliqish bo‘ladi. Biroq shogirdlarimning jismoniy tayyorgarligidan ko‘nglim to‘q. Ayniqsa Zabihilloning jamoamizdagi yetakchilik rolini alohida e’tirof etgan bo‘lardim.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:24, 16.04.2023.
O'qildi: 1075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик