"Monsa" prezidenti, "Milan"ning sobiq egasi va Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni o‘zini yaxshi his qilmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, siyosatchi oddiy palataga o‘tkazildi. Bungacha u reanimasiya bo‘limida edi. Kasalxona uning ahvoli yaxshilanganini ma’lum qildi.
Bungacha Berluskoni leykemiya bilan kasallangan edi. "Monsa"ning 86 yoshli prezidenti 5 aprel kuni kasalxonaning reanimasiya bo‘limiga yotqizilgandi.