Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Xarri Keyn endi «shoh»-goleador

Xarri Keyn endi «shoh»-goleador

Baho:
+ | -

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn 23 mart kuni Yevro-2024 saralashidan o‘rin olgan Italiya termasiga qarshi o‘yinda penaltidan unumli foydalandi va Angliya milliy jamoasi tarixidagi bosh to‘purarga aylandi.

Neapoldagi bahsda mamlakat bosh jamoasi libosida 54-golini nishonlagan hujumchi Ueyn Runi rekordi (53ta gol)ni yangiladi.

Neapolda deyarli 50 ming muxlis guvohligida o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limi oxirida Italiya termasi darvozasi tomon penalti belgilandi va Xarri Keyn undan samara chiqarib, jamoasi ustunligini mustahkamladi - 2:0. Italyanlar tanaffusdan keyin hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo mag‘lubiyatdan qochish yo‘lini topisholmadi, baribir. Asosiy fakt shuki, VAR aralashuvi bilan belgilangan penalti (Jovanni di Lorenso qo‘lini ishga solgandi)dan foydalangan «shporlar» yetakchisi terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida mutlaq 1-o‘ringa ko‘tarildi. Bunga qadar rekord Keyn va Ueyn Runiga tegishli edi - 53tadan gol. 

Aslida Keynda o‘tgan yiliyoq «uch sherlar»ning bosh goleadoriga aylanish uchun real imkoniyat yuzaga kelgandi. JCH-2022 chorak final o‘yini esingizdami? Xarri o‘shanda o‘yin holatidan gol urgan, ammo yakunda penaltini ko‘kka sovurgandi. Agar «Tottenxem» hujumchisi o‘sha imkoniyatdan foydalanganida, hisob tenglashardi va ehtimolki, inglizlar jahon toji uchun kurashni davom ettirisharmidi? Biroq o‘xshamasa, qiyin-da, baribir. Xullas, o‘sha oqshom Runi rekordini takrorlagani Angliya milliy jamoasi sardoriga tatimadi aslo. Deylik, futbolchi final hushtagi yangraganidan so‘ng maydonda yig‘lab yubordi. Lekin Keynning yaqin orada mutlaq rekordchi bo‘lib olishiga shubha yo‘q edi. Faqat ozgina kutish qolgandi, xolos. Mana, Xarri 2023 yil hisobidan birinchi uchrashuvdayoq katta marrani zabt etdi va Ukraina termasiga qarshi kechgan ke­yingi bahsdayoq 55-golini nishonlab, o‘z rekordini yangilashga tushdi.

** Xarri Keyn ancha sermahsul. Har holda, milliy jamoa­da eng yaqin ta’qibchisi Ueyn Runiga nisbatan naq 38ta kam o‘yin o‘tkazgan. Oddiy aytganda, Keynning 3ta o‘yiniga 2ta gol to‘g‘ri kelmoqda (o‘rtacha hisobda har 1ta o‘yinda 0,66ta gol). Ueynda bu ko‘rsatkich 0,44ta golga teng.

** Xarri Keyn joriy mavsum har ikki yo‘nalish poygasida ham yetakchi bo‘lib oldi. Ya’ni fevral oyi boshida «Manchester Siti» darvozasiga g‘alaba golini yo‘llash asnosida «Tottenxem» tarixidagi bosh to‘purarga aylangan edi. Xarri bu borada o‘tgan asrning 60-yillari «shporlar» uchun barcha turnirlarda 266ta gol urgan afsonaviy Jimmi Grivzdan o‘zib ketdi. 

** Xarri Keyn shuningdek, APLda muayyan 1ta jamoa uchun eng ko‘p gol urgan futbolchidir. U faoliyatidagi asosiy klub - «Tottenxem»ning APLdagi o‘yinlarida jami 205ta gol urgan. Keynning bu boradagi yaqin ta’qibchilari - Ueyn Runi («MYU» safida 183ta gol) va Serxio Aguero («Manchester Siti» safida 184ta gol) ancha orqadalar, qolaversa, ular allaqachon butsalarini mixga ilib bo‘lishgan.

Jahonning top-terma jamoalari bosh 

to‘purarlari

Portugaliya: Krishtianu Ronaldu (198ta o‘yin) - 122ta  

Argentina: Lionel Messi (174ta o‘yin) - 102ta

Braziliya: Pele (92ta o‘yin) va Neymar (124ta o‘yin) - 77tadan

Belgiya: Romelu Lukaku (106ta o‘yin) - 72ta

Germaniya: Miroslav Kloze (105ta o‘yin) - 71ta 

Urugvay: Luis Suares (137ta o‘yin) - 68ta 

Ispaniya: David Vilya (98ta o‘yin) - 59ta 

Angliya: Xarri Keyn (82ta o‘yin) - 55ta

Fransiya: Olivye Jiru (123ta o‘yin) — 53ta 

Niderlandiya: Robin van Persi (102ta o‘yin) - 50ta

Italiya: Luiji Riva (42ta o‘yin) - 35ta gol

BU QIZIQ...

Ispaniyalik «Tarzan» - Karles Puyol 27 yoshiga qadar biror jamoaviy sovrin yutmagan bo‘lsada, faoliyatini naq 24ta kubok bilan yakunlagan (36 yoshida). Xarri Keyn faoliyati ham shunday davom etishi taxmin qilingan edi. Amalda esa 30 yoshni urib qo‘ygan hujumchi futbolda hamon jamoaviy sovrinsiz odimlamoqda...

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:36, 17.04.2023.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.