Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan janjal bo‘yicha tartib-intizom ishi ochdi

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan janjal bo‘yicha tartib-intizom ishi ochdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tartib-intizom qo‘mitasi Superliga 6-turi doirasida o‘tgan “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin yuzaga kelgan vaziyatni ko‘rib chiqadi, deya xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.

Bayonotida qayd etilishicha, O‘FA va PFL mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mavjud videomateriallar hamda uchrashuv rasmiylarining hisobotini o‘rgani chiqmoqda.

“Barcha ma’lumotlar tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etiladi. Aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘riladi”, — deyiladi O‘FA bayonotida.

“Bunyodkor” futbolchilari 90+6-daqiqada gol urganidan keyin golni qarshilik muxlislar yoniga borib nishonladi va shundan keyin futbolchilar o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Hakam hushtagi chalinganidan keyin ham tortishuv davom etdi. Ma’lum vaqt futbolchilar tinchlandi.

“Bunyodkor” sardori Davron Ergashevning emosional hayqiriqlari maydonni tark etayotgan “Nasaf” vakillariga yoqmadi va o‘rtada yana janjal boshlandi. Tribunalar ostida ham ikki jamoa vakillari uzoq vaqtgacha bir-birini haqoratlagan holda janjallashishda davom etdi. Vaziyatga xavfsizlikni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:31, 17.04.2023.
O'qildi: 4679 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик