Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!

"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!

Baho:
+ | -

“Barselona”ning umumiy guruhidagi mashg‘ulotlarini avvalroq jarohat olgan uch nafar yarim himoyachi tikladi.

Usmon Dembele, Pedri va Frenki de Yong dushanba kuni jamoa bilan mashg‘ulotlarning bir qismini olib borishdi.

Fransiyalik futbolchi La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi o‘yinda son suyagidan olgan jarohati sabab 28 yanvardan beri maydonga tushmayapti.

Pedri esa oxirgi marta 16 fevral kuni Yevropa ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘ynagandi. U tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi, bir oy o‘tib esa yana jarohat takrorlandi.

De Yong ham xuddi shunday jarohat tufayli 19 mart kuni “Real”ga qarshi o‘yindan beri maydonga tushmadi.

"Barselona"ning navbatdagi o‘yini 23 aprel kuni "Atletiko"ga qarshi ligada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 04:16, 18.04.2023.
O'qildi: 5812 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик