Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Liverpul» o‘z antirekordini takrorlamaslik uchun harakat qiladi

«Liverpul» o‘z antirekordini takrorlamaslik uchun harakat qiladi

Baho:
+ | -

2022/23 yilgi mavsum «Liverpul» tarixidagi eng ajoyib mavsumlardan biri bo‘lmasligi aniq.

«Qizillar»ga o‘tgan yili APLda ham, Chempionlar ligasida ham bosh sovrin uchun bir qadam yetmagan xolos. Shuni hisobga olib, jamoaning bu mavsumdagi beqaror o‘yinlarini hech kim kutmagandi. Yurgen Klopp shogirdlarining mavsumni Premyer-liga tarixidagi eng yomon o‘rinlardan biri bilan yakunlash xavfi bor.

«Liverpul» hech qachon Premyer-ligani jadvalning ikkinchi qismida yakunlamagan. Uch marta bunga yaqin kelgan, ikki marta 60 ochko va boshqa holatda 52 ochko jamg‘arishgan. O‘shanda 2011/12 va 2015/16 mavsumlarida 38 o‘yindan iborat mavsumda sakkizinchi o‘rinni egallashgan. 2011/12 yilgi mavsumda jamoa atigi 52 ochko to‘pladi, bu esa Premyer-ligada klub tarixidagi eng past natijani bildiradi.

1993/94 yilgi mavsumni 60 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda yakunlagan jamoa uchun Premyer-liga starti ideal bo‘lmadi. O‘sha paytdagi menejer Grem Suness jamoadagi ajoyib iste’dodlar – Jon Barns, Stiv Makmanaman va Ian Rashning yordamlariga tayangan. 

Ularning azaliy raqibi «Manchester Yunayted» ichki treblga erishayotgan bir paytda, «Liverpul»ga Roy Evans va Jerar Ulyening yordamlari ham kifoya qilmagan. Shundan so‘ng besh yil davomidagi eng yomon natija qayd etilgan va 2015/16 yilgi mavsumda ham bunga juda yaqin kelishgan. Keyinchalik Klopp Brendan Rojersning o‘rnini egalladi va «Enfild» jamoasi yakunda Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.

«Liverpul» 2022/23 yilgi mavsumda tarixidagi eng past natijani qayd etadimi?

Hozirda Premyer-liga jadvalida sakkizinchi o‘rinda joylashgan «Liverpul» uchun o‘zining yomon mavsumini o‘zgartirishga sakkizta uchrashuv bor. Ular kecha «Lids»ni yirik hisobda tor-mor keltirdi. Undan oldin esa o‘zlarining eng og‘ir uchrashuvlarini o‘tkazishdi. «Manchester Siti», «Chelsi» va «Arsenal»ga qarshi o‘yinlardan atigi ikki ochko olindi.

Hozir ularda 2011/12 yilgi mavsumdagi 52 ochkolik antirekordni takrorlamaslik uchun sakkizta o‘yin bor, bu unchalik muammoli bo‘lmasada, ammo oldinda «Tottenxem», «Aston Villa» va «Brayton» kabi jamoalarga qarshi bahslar kutib turibdi. 

Kiritildi: 05:16, 18.04.2023.
O'qildi: 1689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.