Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

YECHL. «Real» — «Chelsi» o‘yiniga oid raqamlar

YECHL. «Real» — «Chelsi» o‘yiniga oid raqamlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob bahsida “Real” safarda “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0). Madridliklar ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozongan holda (2:0, 2:0) yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Daryo” ushbu uchrashuvga oid statistika va raqamlarni bir sahifaga jamladi.

Madridliklar Chempionlar Ligasining so‘nggi 13 mavsumida 11 marta yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bu vaqt oralig‘ida hech qaysi jamoa bu qadar ko‘p ½ finalga chiqmagan. Eng yaqin ta’qibchi “Bavariya” 7 marta bu ishni uddalay olgan.

“Real” Chempionlar Ligasi chorak finalidagi 37-o‘yinida ishtirok etdi. Jamoa ularning 21 tasida g‘alaba qozongan, 6 bor yutqazgan. G‘alaba foiz ko‘rsatkichi (83,7%) bo‘yicha “Real” Yevrokuboklar chorak finalida 5+ o‘yin o‘tkazgan klublar orasida eng yaxshi natijaga ega.

“Real” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ketma-ket oltinchi bor g‘alaba qozondi. Bu klubning shaxsiy rekordi hisoblanadi. Ispan jamoasi bu o‘yinlarning barchasida APL klublarini taslim etgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi “Barselona” hisoblanadi. Katalonlar 2014—2016 yillarda pley-off bosqichida qatorasiga 7 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan.

“Chelsi” Frenk Lempard qaytganidan keyin to‘rtta o‘yin o‘tkazdi va ularning barchasida mag‘lubiyatga uchradi. Ularning uchtasida jamoa gol ham urolmagan. Umuman olganda “ko‘klar” barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 7 o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti (5 mag‘lubiyat, 2 durang).

“Real” ustozi Karlo Anchelotti to‘qqizinchi marta YECHL yarim finalga chiqdi. Italiyalik mutaxassis bu borada “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiolaning rekordini takrorladi. Biroq 19 aprel kungi o‘yinda “Bavariya” ortda qoldiriladigan bo‘lsa, “shaharliklar” ustozi rekordni yangilashi mumkin. Qayd etish kerak, Anchelotti to‘rt marta musobaqa g‘olibiga aylangan, Gvardiola esa ikki bor.

Anchelotti “Real” boshqaruvida esa to‘rtinchi marta yarim finalga yetib keldi. Bundan avval mutaxassis jamoa bilan 2013/14 va 2021/22 yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2014/15 yilgi mavsumda ushbu bosqichda o‘z yurishini to‘xtatgan.

Bu “Real” hujumchisi Karim Benzema uchun Chempionlar Ligasidagi 150-o‘yin bo‘ldi. Shu vaqtga qadar faqat to‘rt futbolchi fransiyalikdan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan: Krishtianu Ronaldu (183 o‘yin), Iker Kasilyas (177), Lionel Messi (163) va Xavi (151).

Bu o‘yinlarda Benzema 90 ta gol urgan va 27 ta assist qayd etgan. Uning hisobida beshta YECHL kubogi bor.

Bundan tashqari Benzema maydon o‘yinchilari (darvozabonni inobatga olmaganda) orasida YECHLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha “Real” rekordchisiga aylandi. 131-o‘yinini o‘tkazgan Karim bu borada Raulning (130) rekordini yangiladi.

“Qaymoqranglilar” vingeri Vinisius Junior “Chelsi”ga qarshi bahsda assist qayd etdi. Vinisius Chempionlar Ligasi joriy mavsumida 11 ta golli uzatma bilan bu borada yetakchi bo‘lib turibdi. 22 yoshli braziliyalik futbolchi jamoaning barcha musobaqalar doirasidagi so‘nggi besh o‘yinida 7 ta samarali harakat amalga oshirdi (2 gol, 5 assist).

Uchrashuvda dublga erishgan Rodrigo musobaqadagi gollari sonini 14 taga yetkazib oldi va bu borada Zinedin Zidan bilan tenglashdi. Braziliyalik iqtidor egasi YECHLda jami 38 ta o‘yin o‘tkazgan (ulardan 20 tasida asosiy tarkibda tushgan), 14 ta goldan tashqari 8 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:49, 19.04.2023.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.