Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn 2-2 Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt 1-1 Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay
21/11 18:00 Paxtakor - OKMK

"MYU"ning APL davridagi eng yaxshi o‘ninchi raqam egalari

"MYU"ning APL davridagi eng yaxshi o‘ninchi raqam egalari

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" o‘z tarixidagi o‘ninchi raqamga egalik qilgan mashhur futbolchilari bilan har qancha maqtana oladi. Negaki, u nomlar butun duyoga mashhur va klubni yanada nomdor bo‘lishida ishtirok etgan. APL tashkil bo‘lishidan ilgari Bobbi Charlton, Denis Lou, Lu Makari kabi afsonalari 10 raqamda to‘p surgan. Aynan shu sababdan ham bu raqam o‘ziga xos sanaladi. Quyida "qizil iblislar" tarixidagi eng yaxshi o‘ninchi raqam egalari haqida bilib olasiz.

6. Zlatan Ibragimovich

Xarizmaga boy futbolchi klubga 2016 yilda erkin agent sifatida tashrif buyuradi. Ibragimovich kelishi bilan jamoada o‘z ta’sirini o‘tkaza olgandi. Joze Mourinyo jamoasida shved hujumchisi faqat bir mavsum to‘liq harakat qila oldi xolos. Afsuski, jarohatlar sababli Zlatanning "MYU"dagi faoliyatiga nuqta qo‘yildi. 2018 yilda jarohatdan tuzalib qaytganida, uning to‘qqizinchi raqami Romelu Lukakuga taqdim etilib bo‘lingandi. Shu sabab u 7 ta o‘yinda o‘ninchi raqamni taqib harakatlangan.

5. Devid Bekxem

Aslini olganda, o‘ninchi raqam Bekxem uchun xos emasdi. Ya’ni, u bu raqam bilan eslanmaydi. 1996-97 yilgi mavsum oldidan Fergyuson jamoasida Bekxemning ta’siri va o‘rni ortadi. Natijada unga 10 raqam taqdim etiladi. Devid Bekxem bu raqamni Xyuzdan meros qilib olgandi. Ammo bir mavsumdan ortiq uni taqmadi. Bekxem aynan o‘ninchida "Uimbldon" darvozasiga markazdan gol urgan.

4. Teddi Sheringem

Bekxem 1997-98 yilgi mavsum oldidan yettinchi raqamni oladi. Uning eski raqami esa jamoaning yangi a’zosi bo‘lmish Sheringemga beriladi. U YECHL finalida mana shunday asnoda gol urgan edi. 2001 yilda Angliyada Sheringem nomi eng yaxshisi deya e’lon qilinadi. Hujumchi "MYU"ning eng yaxshi to‘purari sifatida dong taratgan.

3. Markus Reshford

Reshford 10 raqamni olish bilan katta mas’uliyatni ham o‘z yelkasiga yuklagan edi. 2017 yilda Runining jamoadan ketish ushbu raqamni vakantga aylantiradi. Bu paytgacha esa Reshford allaqachon pishib-etilgan. Ha, shundan beri hujumchi ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdi. Ammo ayni paytda u o‘z raqamiga yarasha harakat qilmoqda. "Qizil iblislar" ten Xag qo‘l-ostida Reshford bilan qaytadan yuksala boshladi.

2. Rud van Nistelroy

Van Nistelroy nomi APL tarixidagi yorqin sahifalardan joy olgan. Hujumchi 2001 yilda "PSV"dan xarid qilinadi. U o‘z debyut o‘yinidayoq dubl qayd etib, "MYU"ga g‘alaba qozonishda yordam bergandi. Mana shu voqea besh yillik shonli davrni boshlanishi edi. Rud van Nistelroy 2006 yilda "Real" tomonidan sotib olinadi. Bu paytgacha u "qizil iblislar" safida 219 ta o‘yin o‘tkazib, 150 ta golga mualliflik qilib ulgurgan. Afsuski, shunday fantastik futbolchi "MYU"da faqat bir marta APL chempioni bo‘lgan xolos.

1. Ueyn Runi

Van Nistelroy mana shu futbolchi sababli birinchi o‘rinda emas. Runi – "MYU"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari va Angliyadagi eng yorqin futbolchi. Runi "Manchester Yunayted"da 253 ta gol urgandi. 16 ta titul, yil futbolchisi kabi nomlar ham unga tegishli. Afsonaviy hujumchi, maydonning istalgan nuqtasida o‘ynay olgan. Bu narsa ham Runini yanada betakror futbolchiga aylantiradi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:00, 19.04.2023.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.