Chempionlar ligasining yarim finalida “Milan” va “Inter” bahs olib boradi. Jamoalar tarixda ilk bor bir mavsumda beshta o‘yin o‘tkazishadi.
A Seriyada jamoalar ikkita o‘yin o‘tkazishdi - birinchi uchrashuvda "Milan" g‘alaba qozondi (3:2), ikkinchisida "Inter" (1:0). Superkubok bahsida yana bir o‘yin bo‘lib o‘tdi - "Inter" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
9-10 may kunlari Chempionlar ligasi 1/2 finalining ilk o‘yini bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 16-17 kunlari bo‘lib o‘tadi.