Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. «Bavariya» - «Manchester Siti» o‘yiniga oid raqamlar va statistika

YECHL. «Bavariya» - «Manchester Siti» o‘yiniga oid raqamlar va statistika

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Manchester Siti” safarda “Bavariya” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Manchester Siti” qatorasiga uch mavsum Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan APLning uchinchi klubi bo‘ldi. Bungacha “Manchester Yunayted” va “Chelsi” bunday natijaga erishgandi.

Gvardiolada navbatdagi tarixiy rekord

Pep Gvardiola shogirdlari 26 ta gol bilan Chempionlar Ligasining 2022/23 yilgi mavsumida eng ko‘p gol kiritgan jamoa bo‘lib turibdi. Shuningdek, Manchester klubi musobaqada eng kam gol o‘tkazgan jamoa hisoblanadi — 4 ta.

“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola 10 ta mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan birinchi murabbiyga aylandi. Ispan mutaxassisi bu borada Karlo Anchelottini (9) ortda qoldirdi.

“Bavariya” Tomas Tuxel qo‘l ostida uchta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Myunxen klubi Chempionlar Ligasida chorak finali dastlabki uchrashuvida “Manchester Siti”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi, Bundesliga doirasida “Hoffenhaym” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “Manchester Siti”ga qarshi javob uchrashuvida ham 1:1 hisobi qayd etildi.

To‘xtashni bilmayotgan Holand

Chempionlar Ligasining bir mavsumida ingliz klubi safida gol urish bo‘yicha “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan Rud van Nistelroyga yetib oldi. Norvegiyalik futbolchining gollari soni 12 taga yetdi va bu musobaqa joriy mavsumidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

Holand “Manchester Siti”dagi faoliyati davomida ilk bor penaltini aniq amalga oshira olmadi. Norvegiyalik futbolchi bungacha 11 metrlik nuqtadan yetti marta gol urgandi.

Kevin de Bryuyne golli uzatmalar berish bo‘yicha “Manchester Siti”dagi shaxsiy rekordini yangiladi. Belgiyalik futbolchi “Bavariya”ga qarshi o‘yinda 2022/23 yilgi mavsumdagi 23-golli uzatmasini amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:15, 20.04.2023.
O'qildi: 2305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.