"Milan" hujumchisi Rafayel Leau jamoadagi taqdiri haqida gapirdi. U shunday deydi:
"Men "Milan"da ko‘proq qolishni xohlayman. Ammo hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ham yo‘q emas. Menda bu yerda yana bir yil qolish imkoni bor. Biz ajoyib mavsum o‘tkazayapmiz. Hozir yarim-finaldamiz. Jamoaga yordam berishni davom ettirishni istayman".
Portugaliya terma jamoasining amaldagi bitimi Milan shahri klubi bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.