“Roma” himoyachisi Leonardo Spinassola Yevropa ligasi 1/4 finali javob uchrashuvida “Feyenoord” ustidan qozonilgan g‘alaba (4:1 q.v) haqida fikr bildirdi.
“Bu ajoyib oqshom edi. Turnirda ishtirokimiz davom etayotganidan juda xursandmiz: "Bayer Leverkuzen" kabi buyuk jamoaga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi. Har safar "Roma" stadionida bu muxlislar bizga katta turtki berishadi va biz faqat shunday deyishimiz mumkin: "Rahmat", - deya Spinassola so‘zlarini keltirmoqda UYEFA matbuot xizmati.