Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

YECHLda hafta o‘yinchisi aniqlandi

YECHLda hafta o‘yinchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ma’lumotlar UEFA rasmiy sayti sahifalarida e’lon qilingan.

Chorak finalning “Chelsi”ga qarshi javob uchrashuvida (2:0) urugvaylik futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirib, 11,17 kilometr masofani bosib o‘tdi va 89 foiz aniq to‘p uzatishni ko‘rsatdi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun kurashda Valverde Rafael Leau (“Milan”), Lautaro Martines (“Inter”) va Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)ni ortda qoldirdi.

Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter” “Milan” bilan, “Real” esa “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi. Uchrashuvlar may oyida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:46, 21.04.2023.
O'qildi: 3144 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик