Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sergey Arslonov: Jamoa erishayotgan natijalar futbolchilarning mehnati samarasi

Sergey Arslonov: Jamoa erishayotgan natijalar futbolchilarning mehnati samarasi

Baho:
+ | -

Superliga 7-turida “Bunyodkor”ni kichik hisobda mag‘lub etgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov jamoaning bugungi yutuqlari futbolchilarning mehnati samarasi ekani, Jumayev uchun uzoq kutilgan natija, chetlatishdan so‘ng jamoa o‘z taktikasini o‘zgartirgani va muxlislar haqida gapirdi.

Avvalo, yana aytishim kerakki, bugun ham turli voqeliklarga boy o‘yin ko‘rdik. Futbolchilar aynan shunday o‘yinlarda chiniqishadi. Ular g‘alabaga haqli edila rva bugungi g‘alaba uchun rahmat aytaman. Bu ularning mehnatlari samarasi.

Jumayev uchun alohida xursandman. U bunga uzoq yo‘l yurib keldi. Tinim bilmay mehnat qildi va bugun mehnatlari mevasini ko‘rdi. Quvonarlisi, undagi o‘sish o‘yindan o‘yinga ko‘zga tashlanmoqda.

“Bunyodkor”dek tartibli o‘yin namoyish etadigan jamoalarga qarshi bir kishi kam bo‘lib o‘ynash albatta qiyin. Albatta, futbolchimiz chetlatilganidan so‘ng taktikamizni biroz o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Ammo, futbolchilarga rahmat, ular bugun g‘alaba uchun borlarini berishdi va oxirigacha turib bera olishdi.

Zamonaviy futbolni hozir muxlislarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu juda muhim faktor. Futbolchilar ham buni ko‘rib, bilib turishibdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim. Ularni doim ko‘rishdan xursandmiz va stadionlarda kutib qolamiz”, – dedi Arslonov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 07:34, 22.04.2023.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик