"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola jamoa himoyachisi Natan Akening jarohati haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Men bilmayman. U "Sheffild" bilan o‘yinga tayyor bo‘lmaydi. Uning muammosi haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. O‘ylaymanki, bugun u oxirgi tekshiruvlardan o‘tadi. Shundan keyin hammasi ravshan bo‘ladi".
"Shaharliklar" Angliya kubogi yarim-finalida "Sheffild Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.