“Manchester Siti” vingeri Riyod Maxrez Angliya kubogi yarim finalida “Sheffild Yunayted”ga uchta gol urdi.
Jazoirlikning uchrashuvning 43, 61 va 66-daqiqalarida bergan aniq zarbalari “shaharliklar”ni turnir finaliga olib chiqdi. Opta qayd etishicha, Maxrez 32 yoshu 60 kunlik bo‘lib, Pep Gvardiola bilan birga ishlagan eng keksa xet-trik muallifidir.
Riyod Maxrez joriy mavsum “Manchester Siti”ning barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.