Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Yozgi transferlar yaqin. "Barselona"ni kimlar tark etishi mumkin?

Yozgi transferlar yaqin. "Barselona"ni kimlar tark etishi mumkin?

Baho:
+ | -

 Biz yozgi transfer oynasida "Barselona" sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni saralab ko‘rdik. Asosiy sabab jamoada pul yetishmasligi va moliyaviy muammolar. Quyida esa "Barselona"dan ketishi mumkin bo‘lgan nomlar haqida so‘z yuritamiz. 

Gavi (Ispaniya, yarim himoyachi, 18 yosh)

"Chelsi" Gavini qo‘lga kiritish orqali tarkibini kuchaytirmoqchi, ammo "Barsa" boshliqlari futbolchini qo‘yib yuborgisi kelmaydi. Xavi allaqachon futbolchiga tayanishini aytgan. Shunday ekan Gavining jamoadan ketishi moliyaiy muammolar bartaraf etilmasa amalga oshishi mumkin. 

Frank Kessye (Kot-d’Ivuar, yarim himoyachi, 26 yosh)

"Ko‘k anorranglilar" bu yozda Kessyeni 25-30 million yevro evaziga sotishi mumkin. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Frankni "Inter" harid qilmoqchi. Bu transfer "Barselona" uchun juda foydali bo‘lishi mumkin. Negaki, futbolchi o‘tgan yili kataloniyaliklar safiga erkin agent bo‘lib kelgan edi. 

Ansu Fati (Ispaniya, vinger, 20 yosh)

Ansu Fatining otasi Boraning jamoa haqidagi tanqidiy bayonotlari futbolchining yozgi transfer oynasida sotuvga qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Fati bir necha yil oldin "Barselona"ning kelajagi bo‘lishi kutilgan edi. Ammo voqelik bunday bo‘lib chiqmadi. 

Xordi Alba (Ispaniya, 34 yosh)

Alba shartnoma muddati tugaguncha (2024 yil yozi) "Barselona"ni tark etish niyatida emas, biroq rahbariyat agar futbolchi maoshini kamaytirmasa, shartnomani bekor qilishiga shama qilgan. Afsonalar ham moliyaviy muammolar sabab aziyat chekishmoqda. 

Serxio Buskets (Ispaniya, yarim himoyachi, 34 yosh)

 Futbolchi klubning moliyaviy axvolidan xavotirda - agar tomonlar murosa topmasa, Serxio yo MLSga yoki Saudiya Arabistoniga ketadi. 

Usmon Dembele (Fransiya, vinger, 25 yosh)

Mablag‘ yetishmasligi tufayli "Barsa" Dembele bilan ham xayrlashishi mumkin. "Nyukasl" mavsum oxirida klub Chempionlar ligasiga chiqsa, futbolchi uchun kurashish niyatida.

Erik Garsiya (Ispaniya, himoyachi, 22 yosh)

Himoyachi sifatida Garsiya mavsumni omadsiz o‘tkazmoqda va sotuvga qo‘yilish xavfi ostida. Ammo u tayanch yarim himoyachisi rolida o‘sishga erishdi. Ehtimol, rahbarlar u haqidagi fikrlarini o‘zgartirishi mumkin.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 15:12, 23.04.2023.
O'qildi: 5348 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.