Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

N'Golo Kantening noyob mavsumi

N'Golo Kantening noyob mavsumi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning fransiyalik yarim himoyachisi N'Golo Kante 12 aprel kuni CHL chorak finalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yin (0:2)da joriy mavsum hisobidan atigi 4-marta maydonga tushdi. Frenk Lempard esa «Santyago Bernabeu»da «aristokratlar» boshqaruviga qaytganidan keyingi ikkinchi mag‘lubiyat (qatorasiga)ni tan oldi. Bu borada unga jarohat tufayli «Chelsi»ning 34ta o‘yinini o‘tkazib yuborgan «motorcha» - Kante ham yordam berolmadi.

N'Golo Kantening o‘zi esa Madridda noyob natijaga erishdi. Diqqat qiling, fransiyalik futbolchi bu mavsum hisobidan «Chelsi» libosida 4-marta maydonga tushdi. Qizig‘i, London klubi shu 4ta uchrashuvni boshqa-boshqa bosh murabbiylar rahbarligida o‘tkazdi. Oddiy aytganda, Kantening atigi 4ta o‘yini 4 nafar murabbiy davriga 1tadan to‘g‘ri keldi. U barchasini avgust oyida Tomas Tuxel rahbarligida «Tottenxem»ga qarshi kechgan bahsda boshlagandi. Biroq keyin uzoq muddatli majburiy tanaffusga chiqdi. Mana, aprelda safga qaytgan futbolchi qandaydir 12 kun oralig‘ida 3ta o‘yinda ishtirok etdi. Faqat yana 3 nafar murabbiy qo‘l ostida...

• Mavsum-2022/2023da Kante ishtirok etgan dastlabki 4ta o‘yinning hech biri «Chelsi» foydasiga hal bo‘lmadi - 2ta durang va 2ta mag‘lubiyat.

• «Chelsi» ayni payt Kante bilan amaladgi shartnoma muddatini «2+1» shaklida uzaytirish masalasida muzokara olib bormoqda. Fransiyalik futbolchi hozirgi kelishuvga asosan, haftasiga 290 ming funt miqdorida maosh oladi va bu klubdagi 3-yuqori ko‘rsatkichdir.

N'Golo Kante joriy mavsum «Chelsi»da

1-o‘yin: 14.08.2022. «Chelsi» — «Tottenxem» (2:2). Bosh murabbiy: Tomas Tuxel

2-o‘yin: 01.04.2023. «Chelsi» — «Aston Villa» (0:2). Bosh murabbiy: Grem Potter

3-o‘yin: 04.04.2023. «Chelsi» — «Liverpul» (0:0). Bosh murabbiy: Bruno Saltor

4-o‘yin: 12.04.2023. «Real» — «Chelsi» (2:0). Bosh murabbiy: Frenk Lempard

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:02, 25.04.2023.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.