Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Real» transfer bozoridagi rejasini o‘zgartirdi

«Real» transfer bozoridagi rejasini o‘zgartirdi

Baho:
+-1 | -

Madridning «Real» klubi tarkibni jiddiy tarzda «tozalash» bilan shug‘ullanadi. «Qaymoqranglilar» yozning boshida bir qator yirik va shov-shuvli transferlarni amalga oshirib bo‘lishdi, biroq endi ular futbolchilarni sotishga majbur. Marca nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar tarkibidan kimdir sotilmaguncha, yangi xaridlar amalga oshirilmaydi. «Qirollik klubi» rahbariyati hozirgi vaqtda jamoada futbolchilar soni haddan tashqari ko‘payib ketgan deb hisoblamoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Eduardo Kamavinga, Orelyen Tchuameni, Dani Sebalyos, Raul Asensio va Fran Garsiya kabi futbolchilar klubni tark etishi mumkin. Biroq, bunday vaziyatlarda tez-tez kuzatilganidek, futbolchilarning o‘zlari Madriddan ketishga unchalik ishtiyoq bildirishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyidan boshlab Alvaro Arbeloa o‘rnini egallagan Joze Mourinyu Madrid grandining yangi bosh murabbiyiga aylangan edi.

Kiritildi: 13:00, 04.07.2026.
O'qildi: 5974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик