Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Albaniya matbuoti Rubin Xebayning «Andijon» safida xet-trik qayd etgani haqida yozmoqda

Albaniya matbuoti Rubin Xebayning «Andijon» safida xet-trik qayd etgani haqida yozmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston chempionatida joriy chempionatda ilk albaniyalik legioner sifatida faoliyatini boshlagan hujumchi Rubin Xebay “Andijon” jamoasidagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Superliganing 7-turida “Burgutlar” Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib, javobsiz 5 ta gol urgan holda yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Ushbu bellashuv albaniyalik legionerga ataldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Xebay yangi klubidagi debyut golini urishdan tashqari, o‘zining xet-trigini ham amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, uning 9-daqiqadayoq dubl qayd etgani va o‘yinni jamoasi kabi o‘ta shiddatli boshlagani barchaning e’tiborini tortdi.

Rubin Xebayning “Andijon” safida xet-trikka erishgani Albaniya matbuotida ham aks-sado keltirib chiqardi.

Jumladan, qator alban nashrlari Rubinning “Burgutlar” safida uchta gol urgani va buning evaziga “Andijon”ning 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini yozib chiqdilar.

Ulardan biri “VeriuSport” quyidagi mazmunda xabar yozdi: 

“Xebay O‘zbekistonda ham o‘zining xet-trigini davom ettiryapti”

“Yanvar oyida O‘zbekiston chempionatiga transfer qilingan Rubin Xebay o‘zining yangi jamoasi - “Andijon”dagi katta yurishini amalga oshirdi.

Hujumchi “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa ichida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va uning jamoasi ushbu xet-trik tufayli 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

Xebay uchrashuvda gollar shousini ochib bergan dastlabki ikkita golning muallifiga aylandi va jamoasining to‘rtinchi golini 83-daqiqada raqib darvozasiga kiritdi.

Ushbu g‘alaba orqali “Andijon” 9 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasiga joylashdi”, - deyiladi Xebayga taalluqli xabarda.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 16:21, 26.04.2023.
O'qildi: 2130 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик