Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

2023 yilning APL jadvali sizni ajablantiradi: "Manchester Siti" yetakchi, "Arsenal" ikkinchi o‘rinda emas...

2023 yilning APL jadvali sizni ajablantiradi: "Manchester Siti" yetakchi, "Arsenal" ikkinchi o‘rinda emas...

Baho:
+ | -

APLning yil almashgandan beri tuzilgan jadvali sizni hayron qoldiradi. Ba’zi kutilmagan nomlar, kutilgan klublardan ko‘ra yaxshi harakat qilib, shunga yarasha ochkolar jamg‘arishga muvaffaq bo‘lganlar. Yangi yil kelganidan beri "Arsenal" va "Manchester Siti" juda ham kuchli o‘yin ko‘rsatishni davom ettirib kelmoqda. Ularga qo‘shimcha ravishda "Aston Villa", "Brentford" va "Brayton"lar eski kuchli oltilik jamoalariga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Bu ish hozir ham davom etmoqda.

"Arsenal"ning chempionlik uchun kurashi yaqin haftalarda katta muammolarga duch keldi. Bu esa amaldagi chempionlar bo‘lmish "Manchester Siti"ga qo‘l keldi. Hech bir klub 2023 yilda Gvardiola jamoasidan ko‘ra ko‘p ochko jamg‘ara olmagan. Bunda kutilmagan nom "Aston Villa" bo‘ladi. Bu jamoa vakillari yetakchilar bilan bir xil sur’atda harakat qilib kelmoqda. Unai Emeri shogirdlari "shaharliklar"dan 1 ochko kam to‘plagan xolos. 2023 yilda "sherlar" "Arsenal"dan yaxshi ko‘rsatkichlarga ega.

Unai Emeri jamoasi hammani xayratga solib qo‘ya oldi. Ispaniyalik mutaxassis shogirdlarini kuchli to‘rtlik darajasida o‘ynatishga muvaffaq bo‘lmoqda. Shuningdek, Roberto De Zerbi boshchiligidagi "Brayton" ham yevrokuboklarga kurasha boshladi.
"Manchester Yunayted"ni ham bu borada alohida ta’kidlash kerak. Erik ten Xag bu jamoani yaxshi tarafga o‘zgartira oldi. Niderlandiyalik mutaxassis "qizil iblislar"ning olti yillik sovrinsiz davriga barham bergandi. Ayni damda "MYU" Angliya kubogi finaliga yo‘l oldi. Qolaversa, Yevropadagi hech bir klub bu mavsumda "Manchester Yunayted"dan ko‘ra ko‘p g‘alabaga erishgani yo‘q. Ammo mankunianliklarning unumdorligi 2023 yilda ancha pasayib qoldi. Klub APLda 2023 yildagi 15 ta o‘yindan 28 ochko jamg‘ara olgan xolos. Garchand chempionlik poygasidan chiqib ketgan bo‘lsada, "MYU" YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

Kalendar yili asosida tuzilgan jadvalda "Lester Siti" eng yomon natijalardan biriga ega. "Tulkilar" 2023 yilda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ochko yig‘a oldi. Bu salbiy ko‘rsatkich jamoa bosh murabbiyi Brenden Rojersning ishdan ketishiga sababchi bo‘lgan edi. Pastki yettlik jamoalari ichidan "Chelsi"ning o‘rin olgani hammani xayratga soladi va bu jamoada ham murabbiy almashdi. Shuningdek, qolgan pastki o‘rindagi klublar "Chelsi" kabi murabbiyini ishdan bo‘shatgan edi. Faqat "Nottingem Forest"gina Stiv Kuperga hali ham ishonch bildirmoqda. Murabbiy almashtirgan klublar o‘zlari uchun Shon Daych, Xavi Garsiya, Ruben Selyes, Frenk Lempard, Roy Xojson va Din Smitni yangi boshliq qilib tayinlagan edi. Ular ichidan eng ijobiy natijaga ega mutaxassis Roy Xojson bo‘lib, ingliz murabbiyi kelganidan beri 3 ta g‘alabaga erishdi. Frenk Lempard esa buning teskarisini qayd etdi.

2023 yil APL turnir jadvali:

1. "Manchester Siti" – 37 ochko (15 o‘yin)
2. "Aston Villa" – 36 ochko (17 ta o‘yin)
3. "Arsenal" – 32 ochko (17 ta o‘yin)
4. "Nyukasl" – 28 ochko (15 ta o‘yin)
5. "MYU" – 28 ochko (15 ta o‘yin)
6. "Brayton" – 25 ochko (14 ta o‘yin)
7. "Liverpul" – 25 ochko (16 ta o‘yin)
8. "Brentford" – 24 ochko (16 ta o‘yin)
9. "Vulvz" – 24 ochko (16 ta o‘yin)
10. "Tottenxem" – 24 ochko (17 ta o‘yin)
11. "Vest Xem" – 20 ochko (15 o‘yin)
12. "Fulxem" – 20 ochko (15 ta o‘yin)
13. "Bornmut" – 20 ochko (16 ta o‘yin)
14. "Nottingem" – 17 ochko (17 ta o‘yin)
15. "Kristal Pelas" – 15 ochko (17 ta o‘yin)
16. "Chelsi" – 15 ochko (17 ta o‘yin)
17. "Lids" – 14 ochko (17 ta o‘yin)
18. "Everton" – 13 ochko (16 ta o‘yin)
19. "Lester" – 12 ochko (16 ta o‘yin)
20. "Sautgempton" – 12 ochko (16 ta o‘yin)

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:11, 28.04.2023.
O'qildi: 5591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.