Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini Ispaniyaning "Sevilya" klubida davom ettirishi mumkin.
Qayd etilishicha, London klubi amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan Sanchesni sotishga tayyor.
Transfermarkt portali mutaxassislari Davinson Sanchesni 20 million yevroga baholamoqda. 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi joriy mavsumda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi.













