Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«Qo‘qon-1912» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Qo‘qon-1912» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, avvalroq «Qo‘qon-1912» jamoasi Davron Fayziyev bilan shartnomani bekor qilgandi. Bugun jamoa rahbariyati va futbolchilari o‘rtasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shu kunga qadar jamoaning texnik direktori lavozimida faoliyat olib borib kelgan Muxsinjon Nizomiddinov «Qo‘qon-1912» jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Muxsinjon Nizomiddinov Qo‘qon futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzi hisoblanadi. Faoliyati davomida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan «Nasaf», «Neftchi» kabi jamoalari safida yorqin o‘yinlari bilan muxlislarning mehrini qozongan. Murabbiylik faoliyatida esa «Qo‘qon-1912» U-21 jamoasi bilan chempionat bahslarida bronza medallarni qo‘lga kiritgan. U ko‘plab iqtidorli va kuchli futbolchilarning murabbiyi hisoblanadi. Uning shogirdlari har xil yosh toifasidagi terma jamoalarda harakat qilib, Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. Xususan, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Iqboljon Malikjonov, Islomjon Abdullayev, Avaz Mamatxo‘jayev va boshaqa mahoratli futbolchilarni aynan jamoamizning yangi bosh murabbiyi katta futbolga olib kirgan.

Muxsinjon Nizomiddinovning murabbiylar shtabidan Bahrom Haydarov, Andrey Baklanov, Rahmatjon Inog‘omov, Muhiddin Abduvaliyev joy olishdi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:49, 28.04.2023.
O'qildi: 2784 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик