Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Omadli italyan - Panuchchi

Omadli italyan - Panuchchi

Baho:
+ | -

 Kristian Panuchchi poytaxti Genuya bo‘lgan Liguriya ma’muriy hududidagi Savona shahrida tug‘ilgan. U mahalliy “Veloche 1910” klubining bolalar jamoasida futbol o‘ynay boshladi va 17 yoshida Genuya akademiyasini tugatdi.

"Jenoa"

1991-1993 yillar

1991-1992 yilgi mavsumda Panuchchi "Jenoa" safida A seriyada debyut qildi. To‘g‘ri, fudbolchi o‘sha mavsumda bitta uchrashuv o‘tkazdi, ammo keyingi yildan u asosiy himoyachiga aylandi (33 o‘yin, 4 gol) va jamoaga elitada qolish uchun qiyin kurashda yordam berdi.

Panuchchining asosiy pozisiyasi - chap qanot himoyasi, ammo jismoniy holati tufayli u tez-tez himoyani har qanday joyida ko‘rinish berdi va umuman, himoyaning istalgan joyida o‘ynash unga muammo tug‘dirmadi.

"Milan"

1993-1997 yillar

Tabiiyki, bunday futbolchi “Jenoa”da uzoq qolmasdi va Panuchchi o‘sha paytdagi dunyoning eng yaxshi klubi “Milan”ning taklifini qabul qildi. Bu yerda himoyada ajoyib to‘rtlik o‘ynardi - Franko Baresi, Mauro Tassotti, Paulo Maldini, Alessandro Kostakurta (ko‘plab mutaxassislar ularni futbol tarixidagi eng yaxshi himoya chizig‘i deb bilishadi).

Kristian bu safar ham jamoa tanlashda adashmadi, birinchi mavsumda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi. Aynan o‘sha mavsum "rossoneri" Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi va 34 uchrashuvda 15 ta gol o‘tkazib yubordi! “Milan” chempionlikdan tashqari Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqdi.

"Barselona"ga qarshi finalda asosiy markaziy himoyachilar Baresi va Kostakurtani o‘ynay olmadi. Fabio Kapello nominal qanot himoyachisi Maldinini markazga qo‘ydi, Tassotti va Panuchchi qanotlarga joylashtirildi. Tajribaviy himoya "Barsa"ning dahshatli hujumiga deyarli imkoniyat bermadi.

Keyingi ikki yarim yil davomida Panuchchi "Milan"ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lishda davom etdi. U klub safida jami 135 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan.

"Real Madrid”

1997-1999 yillar

1997 yilning yanvarida Kristian Panuchchi "Real" bilan shartnoma imzoladi. Olti oy oldin Madrid klubini Fabio Kapello boshqargan, unga zudlik bilan qanot himoyachisi kerak edi va Don Fabio Ponuchchidan yaxshiroq nomzod topa olmadi. Qolaversa, "Real Madrid" himoyasining chap qanotini Roberto Karlos mustahkam egallab olgan edi, shu bois Panuchchi o‘ng qanot himoyachisida o‘ynashga majbur bo‘ldi.

Italiyalik futbolchi mavsum oxirigacha 21 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va “qirollik klubi”ning chempionlikni qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Shundan so‘ng Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklari kechirilmagan Fabio Kapello Madridni tark etdi. Biroq Panuchchining mavqei o‘zgarmadi, 1998 yilda u jamoa bilan Yevropaning asosiy turnirida g‘alabani nishonladi.

Aslini olganda, Madriddagi Panuchchiga hamma narsa mos edi - dunyoning eng yaxshi klublaridan birining markazidagi doimiy joy, sovrinlar uchun kurash, jamoa ichidagi normal munosabatlar. Biroq, u vataniga qaytishga qaror qildi.

"Inter"

1999-2001 yillar

Himoyachining transferi uchun "Inter" 9,3 million yevro to‘lagan, o‘sha paytda bu roldagi futbolchi uchun bu juda munosib summa edi ("RealMadrid" uchun Panuchchi transferi ikki baravar arzonroq).

Avvaliga hamma narsa yaxshi ketayotgan edi. 1999-2000 yilgi mavsumda Panuchchi "Inter" safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan. Biroq keyinchalik u jamoa bosh murabbiyi Marchelo Lippi bilan janjallashib qoldi va “Chelsi”ga ijaraga yuborildi. Angliyada Kristian “ko‘klar” safida bor-yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

"Monako"

2001-2002

Panuchchi 2000-2001 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Monako"da ijara asosida o‘tkazgan, shundan so‘ng monegasklar uning transferini "Inter"dan sotib olishgan. Biroq 2001 yilning iyulida jamoani boshqargan Dide Desham Panuchchi uchun tarkibdan joy topa olmadi va italiyalik futbolchi deyarli butun mavsumni zaxirada o‘tkazdi.

"Roma"

2002-2009 yillar

Ikki yil o‘yin amaliyotisiz, albatta, futbolchining obro‘siga ta’sir qildi. Qolaversa, Panuchchi 29 yoshda edi va katta klublar himoyachi bilan shartnoma imzolashga shoshilishmadi.

Kapello Panuchchi bilan shartnoma imzolashni talab qildi va u futbolchiga ishonch bildirdi. Oldingi formasini tezda tiklab olgan Kristian avvalgi darajasiga chiqdi va jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. "Roma" tarkibida Panuchchi ikki marta Italiya kubogini yutadi (garchi bu Kapello ketganidan keyin bo‘lgan bo‘lsa ham).

2007 yilgi final ayniqsa esda qolarli bo‘ldi. Keyin birinchi o‘yinda "Roma" "Inter"ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi va Panuchchi dubl qayd etdi. Javob o‘yinida “bo‘rilar” 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, ammo kubokni qo‘lga kiritdi.

Umuman olganda, Kristian Panuchchi "Roma" safida 8 mavsum o‘ynadi, 312 o‘yin o‘tkazdi va 32 gol urdi. 2008-2009 yilgi mavsum yakunida 36 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmagan.

"Parma"

2009-2010 yillar

Panuchchi erkin agent sifatida "Parma" bilan shartnoma imzoladi. 2010 yilning fevraligacha u 20 ta o‘yin o‘tkazdi (1 ta gol), shundan so‘ng tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi. Rasmiy press-relizda futbolchi shaxsiy sabablarga ko‘ra bunday qarorga kelganini aytdi.

Italiya terma jamoasi

1994-2008 yillar

Italiya terma jamoasida Kristian Panuchchi 1994 yilning kuzida debyut qilgan. Ajablanarlisi, bu haqiqat: saralash o‘yinlarida muntazam o‘ynab, u milliy terma jamoaning 1996 va 2000 yilgi Yevropa chempionatlari va 1998 yilgi jahon chempionatiga qaydnomasidan tashqarida qoldi. Panuchchi yo yirik turnirlar arafasida jarohat oldi, yoki u eng so‘nggi lahzada tanlovdan chetda qoldi, chunki Italiyada hech qachon yuqori darajadagi himoyachilar tanqisligi kuzatilmagan.

2002 yilgi Jahon chempionati va 2004 yilgi Yevro-2004 musobaqalarida Panuchchi ushbu turnirlardagi barcha o‘yinlarni o‘tkazib, Adzurra Skuadraning asosiy o‘yinchisi bo‘lgan, ammo ikkalasi ham jamoa uchun muvaffaqiyasiz yakunlangan. Keyin Italiya terma jamoasini Marchelo Lippi boshqardi va Panuchchi uchun terma jamoaga yo‘l yopildi. Shunday qilib, u Germaniyada italiyaliklar g‘alaba qozongan jahon chempionatini o‘tkazib yubordi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:28, 29.04.2023.
O'qildi: 1691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.