"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Sadio Manening muammolari haqida gapirdi.
Senegallik futbolchi "Liverpul"dan transfer qilinganidan beri Germaniyada unchalik ishonarli bo‘lmagan debyut mavsumini o‘tkazmoqda. Bundesliganing bugungi "Gerta" bilan uchrashuvida (2:0) 31 yoshli futbolchi o‘zini ko‘rsata olmadi va 61-daqiqada almashtirildi.
“Vaziyat shunday. Sadio ishlashda davom etishi va boshini tik tutib yurishi kerak. Bu yigit jahon futbolining eng og‘ir ligasida son-sanoqsiz gollar urgan", - deya Tuxelning Mane haqidagi so‘zlarini keltirgan insayder Fabrisio Romano.
Sadio Mane joriy mavsumda 35 ta o‘yinda 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.