Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

APLda jon saqlab qolish uchun kurash: «Lester» – «Everton» (prevyu)

APLda jon saqlab qolish uchun kurash: «Lester» – «Everton» (prevyu)

Baho:
+ | -

«Lester» hamda «Everton» ushbu qarama-qarshilikka katta qo‘rquv bilan tashrif buyuradi. Chunki har ikkala jamoa ham pastki ligaga tushib ketish xavfi ostida bo‘lib turibdi. Aynan quyi ligaga tushib ketuvchi klublar taxmin qilinganda «Everton» ikkinchi (73,9%), «Lester» esa 5-o‘rinda tilga olingan.

«Lester»

«Tulkilar» seshanba kuni Jeymi Vardining so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga «Lids»dan ochko olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Undan bitta oldingi bahsda esa «Vulvz» 2:1 hisobida taslim etilgan. Ungacha esa jamoa ketma-ket naq 9 ta o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmadi - 1 durang, 8 ta mag‘lubiyat. Jamo yaqinda tayinlangan Din Smit qo‘l ostida 3 ta o‘yinda 4 ochko jamg‘ardi. Ushbu murabbiy «Everton»ga qarshi ancha yaxshi statistikaga ega. U «irischi»larga qarshi 6 ta bahsda mag‘lub bo‘lmagan va 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Bu borada faqatgina Antonio Konte (7) Smitdan yaxshiroq natijaga ega.

Bu o‘yinni «Lester» uchun hayot-mamot janggiga qiyoslash mumkin. Chunki shundan so‘ng jamoa jadvalning birinchi yarmidagi 3 klubga qarshi maydonga tushadi - «Fulxem», «Liverpul», «Nyukasl». So‘ng esa «Vest Xem»ga qarshi bahs kutib turibdi.

«Everton»

Klub uchun joriy mavsum rosmana katastrofaga aylanib ketdi. «Irischilar» so‘nggi bor 1950-51 yillarda quyi ligaga tushib ketgan. Shon Daych jamoasi APLning so‘nggi turida «Nyukasl»ga 1:4 hisobida yengildi. Bu ularning g‘alabasiz seriyalarini 6 ta o‘yinga uzaytirdi. «Everton» so‘nngi 10 ta uchrashuvning atigi bittasida g‘alaba qozongan xolos (4 durang, 5 mag‘lubiyat). Biroq ushbu xavfli zonalar «Everton» uchun yangilik emas. Jamoa o‘tgan mavsum ham mayning boshida 18-o‘rinda edi. Biroq o‘shanda vaziyat o‘z vaqtida o‘nglangan. Kelgusi turlarda Daych shogirdlari «Brayton» hamda «Man Siti»ga to‘qnash kelishini hisobga olsak, bu galgi turda ochko olinishi shart. Undan keyingi ikki bahs «Vulvz» ham «Bornmut»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Jamoalarning so‘nggi bahsi

U 2022 yilning 5 noyabrida sodir bo‘lgan va «tulkilar» 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan edi. O‘shanda «Everton»ga Lempard, «Lester»ga esa Rojers ustozlik qilardi. Liverpuldagi oqshomda Tilemans hamda Barns katta sahnaga chiqqan.

Hozirgi formasi

Har ikkala jamoa mos ravishda 18 hamda 19-o‘rinlardan joy olgan. «Lester» so‘nggi 18 bahsning barchasida gol o‘tkazib yuborgan. Bu klubning yaqin yillar ichidagi APL tarixidagi eng uzun seriyasi hisoblanadi. Bungacha 1994 yil aprel-dekabr oylarida 21 ta bahsda ketma-ket gol o‘tkazib yuborilgan.

«Everton» so‘nggi 12 ta safar o‘yinida g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. 2021 yil avgustda «Brayton»ni mehmonda 2:0 hisobida yutganlaridan beri 33 ta bahsning atigi 2 tasida g‘alaba qozongan xolos. Bu orada 3 ta «klin-shit» qayd etilgan va har uchchala hisob ham 0:0 hisobida tugagan.

Kiritildi: 16:19, 01.05.2023.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.