"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Manchester Siti"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaydi.
"Agar "Manchester Siti" treblga erishsa, bu adolatdan bo‘ladi. Menimcha, bu jamoa ayni damda sayyoramizning eng yaxshisi”, - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Xavi avvalroq Xosep Gvardiola qo‘l ostida futbolchi sifatida o‘ynagan, hozirda u "Manchester Siti"ni boshqarmoqda. Ernandes Gvardiola qo‘l ostida "Barselona"da ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.