Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Xabi Alonso transformasiyasi

Xabi Alonso transformasiyasi

Baho:
+ | -

Xabi Alonso boshqaruvidagi «Bayer» Germaniya Bundesligasi 29-turida CHL yo‘llanmasiga yaqqol da’vogar «RB Leypsig»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa «dorishunoslar»ning mag‘lubiyatsiz odimlari 13ta o‘yinga yetdi. Boshqacha aytganda, Alonso jamoasi o‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda qatorasiga 13ta o‘yindan buyon mag‘lubiyat atalmish «achchiq tabletka»ni ichayotgani yo‘q. Ispaniyalik mutaxassis shogirdlari bu seriya davomida 10ta g‘alaba va 3ta durang qayd etishdi.

Alohida aytish kerak, Xabi Alonso ish boshlagan pallada Leverkuzen klubi Bundesliga turnir jadvalida «ilinib» turgandi. Qarangki, «dorishunoslar» shundan buyon faqat olg‘a qadam bosishyapti va endi 6-o‘ringa ko‘tarilib oldilar. «Bayer» shu sur’atini saqlab qolsa, hattoki, CHL hududi (kuchli to‘rtlik)ga kirib olishi ham mumkin.

* 13ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya jamoa hayotida 2017 yildan kuzatilmayotgandi (o‘sha vaqt jamoani Xayko Xerrlix boshqargan).

* «Bayer» mag‘lubiyatsiz seriya davomida qatorasiga 7ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Bunisi jamoa tarixidagi rekordning takrorlanishidir.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:02, 01.05.2023.
O'qildi: 2450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик