Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Lamin Yamaldan Ensisogacha! Yevropada porlayotgan vunderkindlar

Lamin Yamaldan Ensisogacha! Yevropada porlayotgan vunderkindlar

Baho:
+ | -

Bu hafta turli o‘yinlarga boy bo‘ldi: UYEFA yoshlar ligasi finallari, chempionatlarning navbatdagi turlari. Mavsum o‘z nihoyasiga yetmoqda, yoshlar o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Quyida hafta yoshlari haqida gaplashamiz. 

Meks Merdink UYEFA Yoshlar Ligasi finalining qahramoni

«AZ» Yoshlar ligasini egalladi! Finalda ular «Xayduk»ga qarshi maydonga tushdi – 5:0. 19 yoshli hujumchi Meks Merdink ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushdi va 2+1 natija qayd etdi. Gollandiyalik futbolchi to‘qqizta gol bilan turnir to‘purari bo‘ldi

Xulio Ensiso «Vulverxempton»ni mag‘lub etishda muhim rol o‘ynadi

Aprel - paragvaylikning oyi. «Chelsi» va «Bornmut» bilan o‘yinlarda «Brayton» futbolchisi chempionatdagi ilk gollarini kiritdi va shu haftada «bo‘rilar»ni mag‘lub etishda ikkita golli uzatma bilan ishtirok etdi. 19 yoshu 96 kunlik yoshida Xulio bir o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan Premyer-liga tarixidagi eng yosh janubiy amerikalik futbolchiga aylandi.

Arda Gyuler Turkiya chempionatida porladi

«Fenerbaxche» hafta boshida «Istanbulspor» bilan durang o‘ynadi – 3:3. 18 yoshli Arda o‘shanda dubl qayd etdi. Iqtidorli yarim himoyachi joriy mavsumda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ko‘plab top-klublar Gyulerni kuzatib bormoqda. Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, «PSJ» bu yo‘lda eng faol bo‘lib turibdi. Fransuzlar turkni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Xavi Gerra «Valensiya»ga muhim g‘alaba keltirdi

«Valensiya» La Ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun faol kurash olib bormoqda. Payshanba kuni jamoa o‘z uyida «Valyadolid» mehmoni bo‘ldi, ularga g‘alaba juda zarur edi. So‘nggi daqiqalarda durang qayd etilayotgan bo‘lsada, maydonga 19 yoshli Xavi Gerra chiqdi. Qo‘shib berilgan vaqtda u faoliyatidagi ilk golini kiritib, «ko‘rshapalaklar»ga muhim g‘alabani keltirdi.

Jeremi Doku yana ikkita gol urdi

Bir necha hafta oldin Doku «Renn» safida birinchi dublini qayd etgan bo‘lsa, «Anje» ​​bilan o‘yinda ikkinchisiga navbat keldi. 2:2 hisobi tabloda aks etib turgan bir paytda belgiyalik ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga uch ochko keltirdi.

Nikolas Jekson «Vilyarreal»ni Yevropa musobaqalarida munosib himoya qiladi

«Vilyarreal» «Selta»ni 21 yoshli Nikolas Jeksonning dubli bilan mag‘lub etdi. Senegallik futbolchi so‘nggi beshta o‘yinda to‘rtta gol urdi. Qishda u «Bornmut»ga borishi mumkin edi, ammo tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi va Kike Setyen jamoasini yevrokuboklargacha eltib borish yo‘lida qoldi.

Lamin Yamal «Barselona» safida debyut qildi

Lamin Yamal uch marta «Barselona»ning chempionlik o‘yinlari uchun arizasiga kirdi va uchinchi urinishda debyut qildi: Xavi «Betis» bilan o‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida unga imkon berdi. 15 yoshu 290 kunligida vinger La Liga tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi. Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, Lamin mavsumning qolgan qismini asosiy tarkibda o‘tkazadi, yozda esa mavsumoldi tayyorgarlikda ishtirok etadi.

Kiritildi: 15:07, 02.05.2023.
O'qildi: 2413 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик