Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

O‘zbekistonlik 19 yoshli futbolchi CIES talqiniga ko‘ra istiqbolli o‘yinchilar top-200 ligidan o‘rin oldi

O‘zbekistonlik 19 yoshli futbolchi CIES talqiniga ko‘ra istiqbolli o‘yinchilar top-200 ligidan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) jahon futbolidagi 20 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli o‘yinchilarning top-200 lik ro‘yxatini e’lon qildi.

Portal o‘nta pozisiyaning har birida 20 nafardan eng iqtidorli futbolchilarni tanlab olgan.

Markaziy himoyachilar reytingidan ayni vaqtda Belarusning “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov ham o‘rin olgan.

Husanov Belarus oliy divizionining joriy mavsumida jamoasining barcha 5 ta o‘yinida to‘liq ishtirok etdi va bitta gol urishga erishdi. 19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum liga doirasida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 3 gol va 2 ta golli uzatmaga muallif bo‘lgan.

Shuningdek, Abduqodir O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida U-20 Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi g‘olibiga aylangandi.

CIES talqini bo‘yicha har bir pozisiya bo‘yicha eng yaxshilar:

— Plamen Andreev (“Levski Sofiya”, darvozabon)
— Antoniu Silva (“Benfika”, markaziy himoya)
— Alexandro Balde (“Barselona”, chap qanot himoya)
— Riko Lyuis (“Manchester Siti”, o‘ng qanot himoya)
— Artur Vermeren (“Antverpen”, tayanch yarim himoya)
— Pablo Gavi (“Barselona”, markaziy yarim himoya)
— Bilol al-Xannuss (“Genk”, hujumkor yarim himoya)
— Mateus Martins (“Uotford”, chap qanot vinger)
— Anjelo Borjes (“Santos”, o‘ng qanot vinger)
— Markos Leonardo (“Santos”, markaziy hujum).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:08, 02.05.2023.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик