Argentinalik hujumchi Lionel Messi yozda «PSJ»ni tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.
Insayder Fabrisio Romano xabar tarqatishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi bir oy avval klub rahbariyatiga o‘g‘lining jamoada qolmasligini ma’lum qilgan.
"Mundo Deportivo"ning qo‘shimcha qilishicha, Leoning bunday qarorga kelishiga, «PSJ»ning Chempionlar ligasidan chiqib ketishi va jamoani kuchaytirishga qaratilgan aniq loyihaning yo‘qligi sabab bo‘lgan.
«PSJ» avvalroq Messini ikki haftaga klub mashg‘ulotlaridan chetlatgandi. Boisi, Leo ruxsatsiz Saudiya Arabistoniga ketib qolgan.