Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Joriy mavsumda APLda eng yaxshi murabbiy kim?

Joriy mavsumda APLda eng yaxshi murabbiy kim?

Baho:
+ | -

“Arsenal” va “Nyukasl”ning o‘sishi o‘z yo‘liga, ammo agar mavsumning eng yaxshi murabbiyi haqida so‘ralsa, “Brayton” ustozi Roberto de Dzerbini ko‘rsatgan bo‘lardim. Hozirda yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha 5-o‘rinda borayotgan “Brayton”ning boshiga tushgan voqealar har qanday o‘rtamiyonaning APL o‘rni uchun kurashayotgan klubga aylantirib qo‘yishi turgan gap edi.

Yozda Kukurelya va Bissuma kabi yetakchi futbolchilarni sotishga majbur bo‘ldi. Mavsum hali qizg‘in pallasiga kirib ulgurmay, Grem Potter boshchiligidagi murabbiylar shtabi “Chelsi”ga ketib qolishdi. Bu ham yetmagandek, qishda “Arsenal” jamoaning eng sermahsul va yetakchi futbolchisi Leandro Trossarni olib ketib qoldi. Natija?

Jamoada yangi yulduzlar paydo bo‘lmoqda. Yosh futbolchilar nafaqat ligada munosib qatnashish, balki “Brayton”ning yetakchi jamoalarga xos uslubida harakat qilishning ham uddasidan chiqishyapti. De Dzerbi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda ikki 19, bir 21 yoshi futbolchini, yana bir 19 yoshli futbolchini esa, zaxiradan tushirdi.

“Brayton” hozirda YECHL yo‘llanmasi uchun kurashda Top-4ga eng yaqin jamoa bo‘lib turibdi. Kecha asosiy raqibi “Yunayted” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng bu farq 5 ochkogacha qisqardi. “Brayton” Liga kubogida “Arsenal”ni, Angliya kubogida “Liverpul”ni turnirdan chiqarib yubordi. APL doirasida “Manchester Yunayted”ni ikki marta yenggan yagona klub bo‘ldi. “Liverpul” bilan uch o‘yinda biror marta yutqazmadi, bir marta yirik hisobda yengdi. “Chelsi”ni o‘z maydonida yirik hisobda yengdi, “Stenford Brij”da ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. . Angliya kubogi yarimfinalida faqat penaltilar seriyasidagina mag‘lub bo‘ldi.  

Bu hammasi emas. Jamoa o‘yin sifati bo‘yicha ham yetakchilarga xos ko‘rsatkichlar namoyish qilmoqda. “Brayton” masalan, darvozaga berilgan aniq zarbalar bo‘yicha APLda 1-o‘rinda. Aniq paslar borasida faqat “Siti” va “Liverpul”dan ortda xolos. O‘yinga berilgan umumiy baho, yaratilgan xavfli vaziyatlar, golli vaziyatlar bo‘yicha ham “Brayton” kuchli to‘rtlikda bormoqda.

 Ya’ni mabodo “Brayton” hatto yakunda kuchli to‘rtlikka kirib qolsa ham, bu syurpriz emas, eng mantiqli yakun bo‘ladi. To‘g‘ri, bu oson emas, zero “Brayton”ni taqvimda “Arsenal”, “Nyukasl” va “Manchester Siti” kutib turibdi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 17:00, 05.05.2023.
O'qildi: 2435 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.