Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Futbol turfa xil rekordlar, qiziqarli statistika va natijalarga boy

Futbol turfa xil rekordlar, qiziqarli statistika va natijalarga boy

Baho:
+ | -

Tabiiyki, eng yuqori natijalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi muntazam. Bugun ham aynan shunday o‘zgaruvchan natija-faktlarning ayrimlariga e’tibor buramiz goall infografikalari yordamida.

***
YOQIMSIZ AYLANMA
Erik ten Xag g‘azabda, axir «MYU» David de Xea va Garri Maguayr xatolari ortidan joriy yevrokuboklar bilan xayrlashdi yarim final ostonasida. Shu tariqa «Old Trafford» egasiga bog‘liq yoqimsiz an’ana davom etadigan bo‘ldi.

***
G‘ALABASEVAR XORVATLAR
CHLning oxirgi 10 yillik tarixiga qarasak, har mavsum g‘oliblari qatorida Xorvatiya futbolining loaqal bir vakilini ko‘ramiz, albatta. Qoyil. Oddiy aytganda, xorvatiyaliklarning turnirdagi g‘alabali seriyalari 10 yilni tashkil etmoqda. Ularda bu seriyani yanada cho‘zish imkoniyati yetarli. Harqalay, bu mavsum Luka Modrich («Real»), Marselo Brozovich («Inter») va Ante Rebich («Milan») CHL yarim finaliga chiqishdi. Hozirda ulardan loaqal biri Istanbul finaliga o‘tishi ham tayin. Axir yarim finalda Brozovich va Rebich jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilishadi.

***
SEVIMLI RAQIB
Futbol tarixida muayyan raqibga qarshi o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini ham Lionel Messi boshqarib turibdi. Argentinalik yulduz Ispaniyadagi faoliyati davomida bechora «Atletiko» darvozasini naq 32 marta nishonga olgan. «Atletik»ning sobiq hujumchisi Gilyemo Gorostisa esa vaqtida «Barselona» darvozasini 29 bora «o‘q»qa tutgan ekan.

***
5 YILDA 80 NAFAR FUTBOLCHI
Yevropaning kuchli chempionatlarida oxirgi 5 yilda eng ko‘p futbolchidan foydalangan klublar ro‘yxatini «PSJ» boshqarib bormoqda. Parijliklar bu muddat ichida naq 80 nafar futbolchini maydonga tushirishdi. «Barselona» ko‘rsatkichi birozgina pastroq - 79 nafar futbolchi.

***
BOSH «JOKER» - ASENSIO
Marko Asensio «Real»da ko‘pincha zaxiradan maydonga tushayotganini inobatga olsak, unda CHL tarixidagi eng yaxshi «joker» sifatida o‘ziga tegishli turnir rekordini yangilash imkoni katta. To‘g‘ri, turnirda zaxiradan tushib eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida ispaniyalik futbolchini Karim Benzema quvib o‘tishi mumkin. Lekin fransiyalikning zaxirada qolishidan ko‘ra, boshlang‘ich tarkibga kirishi ehtimoli kattaroq.

***
QOYILMAQOM RODRI!
«Manchester Siti» va «Real» o‘rtasidagi oxirgi ikki to‘qnashuv (CHL chorak finali)da katta hajmda ish bajargan va gol ham urgan Rodri hayotda o‘ta kamtar. Ijtimoiy tarmoqlarda hali sahifa ochmagan ispaniyalik futbolchi xayriya ishlariga ham befarq emas.

***
NAQ 40 FOIZLIK KO‘RSATKICH-A...
«Liverpul» darvozaboni Alissonni zamonaviy futboldagi asosiy penaltishunos sifatida ta’riflash mumkin. Diqqat qiling, braziliyalik kiper jami «duel»larning 40,6 foizida g‘olib chiqqan.  Uning bu boradagi asosiy ta’qibchisi - hamyurti «Flamengo» jamoasi darvozaboni Diyego Alves.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:16, 07.05.2023.
O'qildi: 2488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик