Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Shakira avtomobillarini okeanortiga olib ketish uchun juda ko‘p pul kerak

Shakira avtomobillarini okeanortiga olib ketish uchun juda ko‘p pul kerak

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Jerar Pike bilan ajrashganidan so‘ng AQSHda yashashga qaror qilgan kolumbiyalik xonanda Shakira oldida yana bir muammo yuzaga keldi.

Diqqat qiling, Barselonada qolgan hashamatli avtomobillarini okean ortiga o‘tkazishi uchun unga naq 14 million yevro kerak, to‘g‘ri, bu aslida boyvuchcha xonanda uchun muammo emas, faqat kutish azobi ham bor...

Shakira Kataloniyada yashagan vaqti bir nechta qimmatbaho superkar sotib olgan. Alohida buyurtma asosida tayyorlangan dabdabali mebel va musiqa jihozlari yaqin orada xonandaning yangi turar-joyiga yetkaziladi. Biroq hashamatli avtoparkni ko‘chirish oson emas. Buning uchun alohida transportirovka va 14 million yevro talab etiladi. Shakiraga tegishli avtokolleksiyada obro‘li «toychoq»lar yetarli: Mercedes Benz SI550, Tesla Model S, Audi Q7, Audi A7, shuningdek, BMW X6 va Mercedes Benz SLK 250.

Ha, transportirovka xarajati katta, lekin Shakira uchun emas. Binobarin, xonandaning umumiy boyligi 300 mln. dollarga baholanmoqda. Demak, u sevimli «toychoq»larini Ispaniyadan olib ketish uchun pul topishga qiynalmaydi. Ammo transportirovka hujjatlarini tayyorlash - ortiqcha muammo. Qolaversa, bunda jarayon muddatini kutish azobi ham bor.

Shakira xonim ayni payt AQSHda o‘g‘illari - Sasha va Milan bilan birga yashamoqda. O‘zaro kelishuvga binoan, Jerar Pike farzandlarining barcha xarajatlaridan 50 foizini o‘z zimmasiga olgan, lekin ular bilan xohlagan vaqtda ko‘risholmaydi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 07.05.2023.
O'qildi: 9229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.