OAVda Kevin de Bryuyne va Tibo Kurtua o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida ko‘p yozishadi. Lekin hamma ham nima uchun ular bir-biriga dushmanga aylanganini bilmasa kerak. Bugun sizlarga shu haqida ma’lumot yetkazamiz.
Kevinning yaxshi ko‘rgan qizi unga xiyonat qilgan
De Bryuyne Karolina Linen ismli qiz bilan taxminan uch yil uchrashgan, lekin qiz unga xiyonat qilgan. Bir kuni u do‘stlari bilan Madridga aylangani boradi va u yerda Kurtua bilan tanishib qoladi. Ushbu uchrashuv do‘stlik chegarasindan chiqadi va ular uchrasha boshlaydilar.
Ushbu mojaro haqida ma’lumotlar qayerdan paydo bo‘lgan?
2014 yilda Kevin o‘zining “Buni oddiy qilish” nomli avtobiografik kitobini chiqaradi, unda u sobiq sevgilisi darvozabon bilan xiyonat qilgani haqida gapiradi. “Kurtua nima uchun bunday qilganini tushunolmadim. Bu haqda o‘ylasam haliyam yuragim og‘riyapti”, deb tan olgan yarim himoyachi o‘z kitobida.
De Bryuyne xiyonat haqida qayerdan bilgan?
"Man Siti" futbolchisi munosabatlar haqida biladigan umumiy do‘stidan ma’lumot oldi va Kevinga hamma narsani aytib bergan. Keyinchalik Karolina o‘z qilmishining sabablarini tushintirgan: 2012 yilda De Bryuyne ham qizga hiyonat qilgan, ammo qiz uni kechirgan. “Men buni qasos uchun qildim. Tibo yanada qiziqarli, aqlliroq bo‘lib chiqdi, siz u bilan hamma narsa haqida gaplashishingiz mumkin edi”, degan qizning o‘zi.
Belgiya terma jamoasining ikki futbolchisi o‘rtasidagi nizo
Tibo va Kevin o‘rtasida Belgiya terma jamoasida qayta-qayta janjallar kelib chiqqan va bir vaqtlar terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Mark Vilmos darvozabonni tarkibdan chetlatishga ham tayyor edi. Ammo De Bryuyne shunday degan: “Sabablar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Kurtua taqdirini hal qilishga haqqim yo‘q edi. U yaxshi darvozabon va terma jamoada o‘ynashga loyiq".
Kevin Kurtuani kechirgan bo‘lsa kerak, degan fikrlar paydo bo‘la boshlagan vaqtda jurnalistning Tiboning “Chelsi”dan “Real”ga o‘tishi haqida qanday fikrda ekanligi haqidagi savoliga javob berar ekan, yarim himoyachi shunday dedi: “U “Chelsi”ni tark etganidan
xursandman, chunki Angliyada faqat eng yaxshilar o‘ynashi kerak”.
Hikoya qanday tugadi
Keyinchalik Tibo ham Karolina bilan yo‘llarni ayro qilgan. Ikkala futbolchi ham boshqa qizlarga uylanishdi. Darvoqe, De Bryuyne “Real” darvozabonini tez-tez xafa qilib turadi. So‘nggi “Siti” va “Real” o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda Kevin hech bo‘lmasa, bitta gol urishga harakat qilgan. Kechagi o‘yinda ham buning uddasidan chiqdi.