«Chelsi» hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang mavsumning ikkinchi yarmida turli sabablarga ko‘ra kam mashg‘ulot o‘tkazdi.
Gabonlik futbolchi ma’lum miqdordagi o‘yinlarda qatnashganida katta pul mukofoti olgan bo‘lardi. Shu bois forvardning o‘yin vaqti murabbiy tomonidan qisqartirildi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Obameyang o‘tgan yozda «Barselona»dan 12 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Gabonlik «Stemford Brij»da yaxshi start oldi va oktyabr oyida jamoasi uchun uchta gol urdi.
Endi Pyer-Emerik «Barselona»ga qaytmoqchi, ammo buning uchun futbolchi «Chelsi» bilan shartnomani bekor qilishga kelishib olishi kerak.