Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

YECHL. «Derbi della Madonnina» oldidan ayrim raqamlar va faktlar

YECHL. «Derbi della Madonnina» oldidan ayrim raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Bugun YECHL ikkinchi yarim finali o‘tkaziladi. Unda Milanning ikki klubi o‘zaro bellashadi. O‘zi umuman, Italiya klublari bu yil xalqaro maydonlarda ancha muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. «Roma» o‘tgan yili Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, bu mavsum «Fiorentina» ushbu musobaqa yarim finaligacha yetib keldi. «Yuventus» esa Yevropa ligasi yarim finalida o‘z ishtirokini davom ettirmoqda. Esingizda bo‘lsa, «keksa sinyora» 2017 yilda klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirning finaligacha yetib birgandi.

«Inter» va «Milan» esa YECHLda anchadan beri bu bosqichga yetib kelolmagan. «Rossonerilar» uchun bu umumiy 7-yarim final hisoblanib, so‘nggisi 2007 yilda sodir bo‘lgan va unda klub musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

«Inter» esa bu bosqichga 3-bor yetib kelmoqda. 2003 yili ular aynan «Milan»ga qarshi to‘qnash kelgan va birinchi uchrashuvda yengilgan. Biroq 2010 yili «Barselona»ni ilk bahsda taslim etishning uddasidan chiqqan hamda yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Bu jamoalar xalqaro maydonda o‘zaro beshinchi bor to‘qnash kelmoqda. So‘nggi 4 bahs davomida «Milan» hamshahariga yutkazmagan (2 g‘alaba, 2 durang). YECHLning xuddi shu bosqichida klublar oxirgi marta 2003 yilda uchrashgan va unda «rossonerilar» finalga yo‘l olgan (1:1, mehmondagi gol «Milan» foydasiga). Joriy mavsum hisobidan ular 3 marta to‘qnash keldi. «Inter» so‘nggi ikki bahsni o‘z foydasiga hal qila olgan: mamlakat superkubogida 3:0 va A Seriyada 1:0. Sentyabrdagi bellashuvda esa «Milan» 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

Har ikkala jamoa ham ushbu bosqichga sifatli mudofaa chizig‘i bilan yetib kelmoqda. «Milan» so‘nggi 6 bahsda atigi bitta gol o‘tkazib yuborgan. U ham bo‘lsa, «Napoli»dan 93-daqiqada. Bu vaqt oralig‘ida 86 ta zarba bergan bo‘lsalar, ularning 27 tasi aniq chiqqan. GX esa 6.8 ni tashkil etadi.

«Inter» esa bu borada o‘z hamshahridan qolishmaydi. «Neradzurrilar» YECHLda so‘nggi 10 uchrashuvning 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Ushbu turnir doirasida esa oxirgi 6 ta bahsning atigi 1 tasida mag‘lub bo‘lgan (ularning 4 tasida jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan).

Jiruning joriy mavsumdagi statistikasi

Jamoalarning o‘zaro bellashuvdagi statistikasi

Kiritildi: 21:31, 10.05.2023.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.