Kirish Ro'yxatdan o'tish

Subimendi ketishni rejalashtirgani yo‘q

Subimendi ketishni rejalashtirgani yo‘q

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Real Sosyedad" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi o‘z klubida baxtli ekanini va hech qayerga ketmoqchi emasligini aytdi. So‘nggi vaqtlarda unga "Arsenal" va "Barselona" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Men hech qachon "Real Sosyedad"ni tark etishni rejalashtirmaganman, buni doim aytaman. Men bu yerdagi hayotni yaxshi ko‘raman, juda baxtliman", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.

Avvalroq, "kanonirlar" hattoki, bask klubi futbolchisini kuzatish uchun o‘z skautlarini ham jo‘natgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 22:23, 10.05.2023.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик