Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Pioli: "Biz ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak edi"

Pioli: "Biz ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak edi"

Baho:
+ | -

Stefano Pioli "Inter" bilan o‘yinning 1-bo‘limida (0:2) "Milan" futbolchilarining e’tiborsizligidan nolidi.

- "Milan"ni tanib bo‘lmasdi, deyish mumkinmi?

- Bu qattiq gap. Gap shundaki, “Inter” birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadi va ikkita gol urdi. “Milan” tanaffusdan keyin yaxshiroq o‘ynadi va gol o‘tkazmadi.

"Inter" birinchi bo‘limda yaxshiroq va samaraliroq o‘ynadi va biz bu darajadagi o‘yinda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik.

7-daqiqagacha “Inter” futbolchisining oyog‘i jarima maydonchamiz ichida bo‘lmadi, keyin esa birinchi burchak to‘pidan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shubhasiz, biz ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak edi.

Biz boshqacha natijaga erishmoqchi edik, ammo ishonishda davom etishimiz kerak. Javob o‘yinida bir lahza hammasini o‘zgartirishi mumkin.

Biz ixcham, intensiv, tajovuzkor o‘ynamoqchi edik, ammo imkoniyatlar 50/50 bo‘lgan ko‘p vaziyatlarda “Inter” yaxshiroq edi va shu tufayli o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Ikki vaziyatdan erta foydalana olgani esa vazifani taktika va psixologiya nuqtai nazaridan qiyinlashtirdi. Lekin men to‘g‘ri munosabatni ko‘rdim va ikkinchi o‘yinda bunga asos solish kerak.

Biz "planka"ni ko‘tarishimiz va ushbu o‘yinning ikkinchi yarmidagi kabi o‘ynashni boshlashimiz kerak edi.

Ammo men hakamning nomuvofiq bo‘lgan ko‘plab bahsli vaziyatlarini ham ko‘rdim" - dedi "Milan" bosh murabbiyi Amazon Prime bilan suhbatda.

Kiritildi: 09:09, 11.05.2023.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик