Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bokschilarimiz medallar soni bo‘yicha rekordni yangilashdi. Endi navbat sifatga

Bokschilarimiz medallar soni bo‘yicha rekordni yangilashdi. Endi navbat sifatga

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida saralash bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Reglamentga ko‘ra, bugun dam olish kuni. Shu bois yarim finalga yo‘llanma olgan terma jamoalar tarkibini sarhisob qilishning ayni fursati.

Shiddatli janglar yakunida O‘zbekiston eng ko‘p bokschi bilan yarim finalga yetib kelgan terma jamoaga aylandi. Xabaringiz bor, bu galgi dunyo birinchiligida naqd 9 nafar hamyurtimiz kamida bronza medalini rasmiylashtirdi. Qayd etish joiz, bu O‘zbekiston termasi uchun bir jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. Keling, qaysi jamoa nechta sportchi bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirayotganiga bir nazar tashlaymiz:

O‘zbekiston – 9
Kuba, Rossiya – 6
Qozog‘iston – 5
Fransiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya – 3
Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Mo‘g‘uliston – 2
Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Meksika, Tojikiston – 1

O‘zbekiston delegasiyasi  shu paytgacha jahon chempionatlarida medallar soni bo‘yicha eng yaxshi qayd etgan natijasi 6 ta medal bo‘lgandi (Doha-2015, Gamburg-2017).

Medallar sifati bo‘yicha esa eng yaxshi natijamiz esa 2019 yilda Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan turnirda qayd etilgan — 3 oltin, 1 kumush va 1 bronza. O‘sha musobaqada O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan (tarixda ilk marta).

Yarim final yo‘llanmalarini mamlakat va qit’alar kesimida ko‘rib chiqamiz. Hech shubha yo‘qki, bu borada Osiyo yaqqol yetakchi. Hozirda qit’amizdagi 8 mamlakatdan 23 nafar bokschi ishtirokini davom ettirmoqda. Shuningdek, Yevropaning 6 mamlakatidan 19 nafar, Amerika qit’asining 3 yurtidan 10 nafar bokschi ham chempionlikni ko‘zlamoqda. Biroq bu gal Afrika va Okeaniya mintaqalaridan hech bir bokschi medal qo‘lga kiritdi olmaydigan bo‘ldi.

Yarim finalga yo‘l olgan bokschilarimiz va ularning ushbu bosqichdagi raqiblari:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Martin Molina (Ispaniya)
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Dmitriy Dvali (Rossiya)
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Munarbek Seitbek o‘g‘li (Qirg‘iziston)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Xovanes Bachkov (Armaniston)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Misheelt Battumur (Mo‘g‘uliston)
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Vanderson De-Oliveyra (Braziliya)
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Vanderley Pereyra (Braziliya)
-92 kg Lazizbek Mullojonov - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Ayub Gadfa Drissi (Ispaniya)

Ertadan hamyurtlarimiz yarim final janglariga kirishishadi. Ishonamizki, bokschilarimiz endilikda nafaqat medallar soni, balki sifati bo‘yicha ham eng yaxshi natijamizni yangilashadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:56, 11.05.2023.
O'qildi: 5593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик