Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Bonuchchi "Yuventus" safida 500 ta o‘yinda ishtirok etgan 6-futbolchi bo‘ldi

Bonuchchi "Yuventus" safida 500 ta o‘yinda ishtirok etgan 6-futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Yuventus" tarkibida 500 ta o‘yin o‘tkazdi.

Bonuchchi jamoani Yevropa ligasi yarim finalining "Sevilya"ga qarshi birinchi o‘yinida sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. OPTA xabariga ko‘ra, bu 36 yoshli futbolchining "byankonerilar" safidagi barcha musobaqalardagi 500-o‘yini bo‘ldi.

Bonuchchi bu ko‘rsatkichga erishgan "Yuventus"ning oltinchi futbolchisiga aylandi. Rekord turinliklarning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyeroga tegishli - klub uchun 705 ta o‘yin.

Janluiji Buffon “Yuventus” safida 685 o‘yin bilan ikkinchi, Jorjio Kyellini 561 bahs bilan uchinchi, Gaetano Sirea 552 match bilan to‘rtinchi, Juzeppe Furino 528 o‘yin bilan beshinchi o‘rinda.

Kiritildi: 01:07, 12.05.2023.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик