"Fiorentina" hujumchisi Artur Kabral Konferensiyalar ligasining birinchi yarim finalida “Bazel”ga qarshi o‘yinda gol urdi.
25 yoshli braziliyalik futbolchi uchrashuvning 25-daqiqasidayoq hisobni ochdi.
Hujumchi uchun bu gol joriy turnirdagi yettinchi gol bo‘ldi va u to‘purarlar poygasida yakka peshqadamga aylanib oldi.













