Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgan ispaniyalik Ayub G‘adfa Drissi ringga chiqmasligini bildirgan.
Shu tariqa, Jalolov to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga yo‘l olmoqda! Hamyurtimiz finalda Lopes Alexandro Arzola (Kuba) - Muhammad Abdullayev (Ozarboyjon) juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.