Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Gvardiola va Mourinyo yevrokuboklar finalida o‘ynaydimi? Superkompyuter vaziyatni tahlil qildi

Gvardiola va Mourinyo yevrokuboklar finalida o‘ynaydimi? Superkompyuter vaziyatni tahlil qildi

Baho:
+ | -

Yevropa musobaqalarida birinchi yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Intriga barcha juftliklarda bor. Javob o‘yinlaridan nimalarni kutish kerak?

Chempionlar ligasi

"Manchester Siti" - "Real Madrid" (birinchi o‘yin - 1:1)

Yarim finalning eng statusli juftligi. "Siti" va "Real" o‘rtasidagi seriya Chempionlar ligasining "yashirin" finali deb ataladi. Dunyoning eng kuchli klublari qatoridan joy olgan ikki jamoa birinchi uchrashuvdayoq ajoyib futbol namoyish etishdi. "Santyago Bernabeu"da ular Vinisius Junior va Kevin De Bryuynening uzoq masofadan ajoyib zarbalaridan so‘ng gol almashishdi.

Yakuniy o‘yin ikkala jamoa uchun ham finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Biroq, uy maydoni omili ikkinchi o‘yinda "Siti" uchun qo‘l kelishi mumkin FiveThirtyEight superkompyuteri bunga qo‘shiladi. Dastur britaniyaliklarning finalga o‘tish ehtimolini 70 foizga, Madridliklarni esa 30 foizga baholamoqda. Chempionlar ligasidagi "Real"ni hech qachon kamsitmaslik kerak. Ispaniya klubining finalga chiqish imkoniyati Manchesterdagi javob uchrashuvi oxirigacha bo‘ladi. Ammo baribir “Siti” bu juftlikning favoriti deya qaralmoqda.

"Inter" - "Milan" (birinchi o‘yin - 2:0)

"Inter" Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki 15 daqiqasida "Milan"ni mag‘lub etdi. Edin Jeko sakkizinchi daqiqada hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Genrix Mxitaryan dublga erishdi. “Milan” asta-sekin o‘yinni normallashtirdi, ammo “qora-ko‘k”lar g‘alabani saqlab qoldi. Garchi jamoalar bir stadionda o‘ynashsa-da, javob o‘yinida "Inter" nominal mezbon hisoblanadi. Tribunadagi aksariyat muxlislar Simone Inzagi jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun kelishadi. Ikki gol farqini bartaraf etish va finalga yo‘l olish uchun "Milan"ga ajoyib o‘zgarishlar kerak.

Superkompyuter bunga ishonmaydi. "Inter"ning Chempionlar ligasi finaliga chiqish ehtimoli 94%, "Milan"niki esa atiga
6 foizga baholanyapti.

Yevropa ligasi

"Bayer" - "Roma" (birinchi o‘yin - 0:1)

"Olimpiko" stadionidagi birinchi o‘yin unchalik ajoyib o‘tmadi, ammo natija "Roma" uchun ijobiy bo‘ldi. Rimliklar safida esa yevrokuboklardagi debyut golini 20 yoshli shogird Eduardo Bove kiritdi. Endi Mourinyo jamoasi javob o‘yini oldidan qulay ssenariyga ega bo‘ladi: himoyalanib, tezkor qarshi hujumlarga o‘tish. "Bayer"ning sust o‘yini hisobga olinsa, Alonso zudlik bilan finalga chiqish uchun nimadir o‘ylab topishi kerak.

FiveThirtyEight superkompyuteri italiyaliklarning yakuniy g‘alabasini bashorat qilmoqda. Rimliklarning finalga chiqish ehtimoli 64 foizga, leverkuzenliklarniki 36 foizga baholanmoqda.

"Sevilya" - "Yuventus" (birinchi o‘yin - 1:1)

“Yuventus” qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida durangni saqlab qoldi. Federiko Gatti yordamga keldi. Durang “Yuve” uchun yaxshi imkoniyatni saqlab qoldi, ammo baribir bu juftlikning favoriti “Sevilya”. Jamoa Xose Luis Mendilibar tayinlanganidan keyin jonlandi: u “Manchester Yunayted”ni chorak finalda chiqarib yubordi, Ispaniya chempionatida esa allaqachon o‘ninchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Turinliklar bilan bo‘lgan birinchi o‘yinda esa andalusiyaliklar kuchliroq ko‘rinishdi.

“Sevilya” Yevropa ligasining qirolidir. Jamoa o‘z uyidagi javob o‘yinida ijobiy natijaga erishib, finalga chiqishi va bu maqomini tasdiqlashi mumkin. Superkompyuter “Sevilya”ning muvaffaqiyatiga ishonadi: ularning juftlikdagi g‘alabasi 57 foiz, “Yuventus”niki esa 43 foizga baholanmoqda.

Konferensiyalar ligasi

"Bazel" - "Fiorentina" (birinchi o‘yin - 2:1)

Shveysariya klubi yarim final juftligi favoritini mehmonda mag‘lub etib, barchani lol qoldirdi. "Fiorentina" biroz kuchliroq ko‘rindi, ammo "Bazel" vaziyatlardan yaxshiroq foydalandi. Hozir jamoa final sari intilmoqda, mehmonda so‘zsiz favorit ustidan qozonilgan g‘alaba katta muvaffaqiyatdir. Ammo superkompyuter hali ham jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng ekanligiga ishonyapti. "Bazel"ning keyingi bosqichga o‘tishi 52%, "Fiorentina"niki esa 48% baholanyapti.

AZ Alkmar - "Vest Xem" (birinchi o‘yin - 1:2)

“Bolg‘achilar” o‘z maydonida niderlandlar ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Londonliklar ikkinchi o‘yin oldidan ustunlikka ega bo‘lishdi, ammo Alkmarda jamoaga qiyin bo‘lishi aniq.

Ammo superkompyuter AZ muvaffaqiyatiga ishonmayapti. Dastur niderlandlarning finalga chiqishi atigi 26%, “Vest Xem”niki esa 74% deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 21:05, 12.05.2023.
O'qildi: 5155 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.