"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining APLdagi navbatdagi o‘yini haqida gapirdi.
"Angliyada murabbiylik qilgan olti yil davomida "Gudison Park"da o‘ynash men uchun doim qiyin bo‘lgan. Ularda stadionda o‘zgacha muhit bor, hozir esa klub og‘ir ahvolda", - deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.
Gvardiolaning qo‘shimcha qilishicha, ushbu o‘yinning qiyinligi uning Chempionlar ligasidagi ikki o‘yin oralig‘ida qolgani bilan ham bog‘liq.